Smart-soatlar mutlaqo yangi dizaynga ega bo‘lib, foydalanuvchilarga maqbul bo‘ladigan keng ko‘lamdagi ranglarda ishlab chiqarilgan.
HUAWEI Watch D2 soati yoshi katta insonlar, ota-onalarga sovg‘a qilishga aynan mos keladi. Sababi mazkur smart soat 24 soatlik qon bosimini kuzatish funksiyasi, shuningdek, sog‘liqning 8 ta asosiy ko‘rsatkichlarini kuzatish imkoniyatiga ega.
Aqlli soat yupqa va yengil korpusga ega bo‘lib, katta 1,82 dyuymli AMOLED ekran o‘rnatilgan. Model yangi Huawei TruSense TM tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u kompaniya tomonidan 2024-yil avgust oyida taqdim qilingan edi. Texnologiya sog'liq ko'rsatkichlari haqida aniqroq ma'lumot berish uchun maxsus sensorlar va algoritmlardan foydalanadi.
ABPM funktsiyasi 24 soatlik vaqt davomida belgilangan oraliqlarda qon bosimini o'lchaydi. U butun kun davomida, kunduzi va kechasi o'rtacha bosim qiymatini aniqlaydi, shuningdek, qon bosimi ritmini tahlil qiladi. Ushbu ma'lumotlar gipertenziya va yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini baholash hamda tibbiy diagnostika va davolash uchun keyinchalik mutaxassislarga murojaat qilish uchun ishlatiladi.
HUAWEI Watch D2 ning yangi avlodi turli xil treninglarning 80 dan ortiq rejimlarini, oltita umumiy faoliyat turlarini avtomatik tanib olishni, shuningdek, global navigatsiya sun’iy yo‘ldosh tizimi (GNSS) yordamida navigatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi. Aqlli soat Bluetooth qo'ng'iroqlarini qo'llab-quvvatlaydi va zaryadsiz 5 kungacha ishlaydi. Qurilma klassik ranglarda taqdim etilgan: qora va oq.
Ularning har biri qulay vidjetlar va aqlli funksiyalarni taklif etadi. Xususiy tizimlar fizik ko'rsatkichlar va geopozitsiyani kuzatishning aniqligi va tezligini ta'minlaydi.
Mazkur smart soat Yangi yil bayramiga ota-onangiz vayaqinlaringiz uchun eng yaxshi sovg‘a bo‘ladi. HUAWEI Watch D2 soatining narxi 4 485 000 so‘mdan boshlanadi. Mazkur soatni xarid qilganlarga sovg‘a tariqasida HUAWEI Freebuds 6i quloqchini taqdim qilinadi.
HUAWEI Watch GT 5 qatori ikkita versiyada mavjud: Watch GT 5 va Watch GT 5 Pro. Aqlli soatlar yuqori sifatli foydalanuvchi tajribasini taqdim etish uchun innovatsion texnologiya va premium dizaynni o‘zida jamlagan. Eng muhimi mazkur soatlar 14(!) kungacha avtonom rejimda ishlay oladi. Shuningdek, Bluetooth orqali qo'ng'iroqlar va SMSlarga tezkor javob berish funksiyasini qo'llab-quvvatlaydi.
HUAWEI Watch GT 5 Pro suv o‘tkazmaydi, bu esa undan kundalik yumushlarni bajarish davomida ham foydalanish imkonini beradi. Ekrani zarbalarga chidamli bo‘lib, turli vaziyatlarda mustahkamligini saqlay oladi. Shuningdek, mazkur smart soatlar o‘ziga xos ajoyib dizaynga ega, turli ranglar ixlosmandlari uchun birdek ma’qul keladi.
Gadjet iOS va Android qurilmalari bilan mos keladi. HUAWEI Watch GT 5 seriya soatini Toshkent shahar Afrosiyob 28/14 manzilida joylashgan brend shopdan 2 890 000 so‘mdan boshlab xarid qilish mumkin.
Siz HUAWEI Watch GT 5 seriyasini va HUAWEI Watch D2 soatlarini Toshkent shahar Afrosiyob 28/14 manzilida joylashgan brend shopdan xarid qilishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)