• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Andijon

    Madaniyat vazirligi “Dunyo sadolari” festivali g‘oliblarini “anjanchasiga” kiydirdi

    2023-yilda Andijonda milliy va jahon estrada yulduzlari ishtirokida shov-shuvli “Dunyo sadolari” festivali o‘tkazilgani yodingizda bo‘lsa kerak. Unda ko‘plab mashhur sanʼatkorlar, xususan, xonandalar Boney M va Doktor Albandan Otawan guruhigacha chiqish qilgandi.

    Festival doirasida Xonobod shahar Yoshlar markazida Madaniyat va turizm vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi tomonidan Yosh estrada xonandalari respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilgandi. Unda 40 dan ortiq guruh va ko‘plab yakkaxon ijrochilar kuch sinashgan edi. Ana shu tanlov g‘oliblari hanuzgacha vaʼda qilingan mukofotlarni olgani yo‘q.

    Qancha vaʼda qilingan edi?

    G‘oliblar festivalning ochilish marosimida Madaniyat vaziri tomonidan tantanali taqdirlangan. Faxrli o‘rin g‘oliblariga diplom, statuetka va pul mukofoti (3-o‘rin — 10 million, 2-o‘rin — 20 million, 1-o‘rin — 30 million so‘m) taqdim etildi. Gran-pri sovrindori esa 40 million so‘m pul mukofoti, diplom, statuetka bilan taqdirlandi.

    Tanlov Nizomidan
    Foto: Skrinshot

    O‘shanda tanlovda Toshkent shahridan ishtirok etgan Bobur O‘razaliyev uchinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan. Sanʼatkorning “Daryo”ga maʼlum qilishicha, oradan bir yarim yil o‘tgan bo‘lsa-da, berilishi lozim bo‘lgan pul mukofotidan darak yo‘q. Vazirlik hokimlikka, hokimlik esa vazirlikka to‘nkamoqda.

    Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tanlov sovrindori Bobur O‘razaliyevni taqdirlash jarayoni
    Foto: Andijon viloyati hokimligi

    “Festivalda qatnashib uchinchi o‘rinni olganman. Buning uchun 10 000 000 so‘m pul mukofoti vaʼda qilingan. Afsuski, haligacha pulimizni ololmay sarson bo‘lyapmiz. Bu bo‘yicha Madaniyat vazirligi va Andijon viloyat hokimligiga bir necha marotaba, bundan tashqari, Prezident portali va prokuraturaga ham murojaat qilindi. Afsuski, hech qanday natija yo‘q.

    Vazirlik masʼullari tanlov faqatgina Andijon viloyatida tashkil etilgani inobatga olinib, g‘oliblarni taqdirlash viloyat hokimligi tomonidan amalga oshirilishini bildirishdi. Hokimlikdagilar esa tanlov Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilganligini taʼkidlab, pul mukofotlarini vazirlik berishini aytib kelmoqda. Shunaqa sansalorlik bilan vaqtni o‘tkazishyapti”, — deydi Bobur O‘razaliyev.

    Diyora Jafarova tanlovda chiqish qilmoqda
    Foto: Andijon viloyati hokimligi

    Samarqandlik Diyora Jaʼfarova Tanlov nizomida ko‘rsatilgan mukofoti miqdori bilan g‘olib va sovrindorlarga taqdim etilgan sertifikatda ko‘rsatilgan mukofot miqdoridagi tafovutga eʼtibor qaratgan.

    “Festival qatnashchilariga, yaʼni o‘rin olgan g‘oliblarga taqdirlash marosimida pul mukofoti berilishi kerak edi. Bu Nizomda ham yozilgan. Lekin, pul hech kimga berilmadi.

    Eʼtibor qilsangiz, Nizomdagi mukofot pullari bilan bizga berilgan stenddagi summa ikki xil. Hujjatda 1-o‘ringa 5000 AQSH dollari beriladi deyilgan bo‘lsa-da, menga 30 mln so‘m stendi taqdim qilingan.

    Bundan tashqari festival xalqaro miqyosda o‘tkaziladi, butun dunyodan qatnashchilar bo‘ladi, deb aytilgandi. Shunga qiziqib borgandik. Afsuski, faqat respublika darajasida bo‘ldi”, — samarqandlik Diyora Jaʼfarova.

    Pulni advokatlar ham olib berolmayapti

    2024-yilda shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Ovoz” musiqiy loyihasi g‘olibi Shohruxmirzo G‘aniyev ushbu tanlovda ikkinchi o‘rinni egallab, 20 million so‘mni qo‘lga kiritgan. Uning aytishicha, hammasi haqqoniy va adolatli bo‘lgan. Biroq mukofotga kelganda tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgan.

    Shohruxmirzo G‘aniyev
    Foto: Andijon viloyati hokimligi

    “Murojaat qilaverib, charchadik. Hattoki chiqmagan jondan umid deb advokatlarni o‘rtaga qo‘yib ham ko‘rdik. Afsuski, hech qanday natija bo‘lmadi...

    Endi oyoqqa turayotgan ijodkormiz. Shu sababli vazirlikdagilar bilan tortishib, to‘siqqa uchramaylik, deb barchasiga insof bersin deyishdan boshqa ilojimiz qolmayapti.

    Ammo shu pulga ishonib, qarz olgandim, qarzga botib ketdim. Bor-ye deb voz kechib ketay desangiz, 20 million so‘m kichik pul emas.

    Bundan tashqari, yaqinlarimizga, o‘sha paytda maqtanib qo‘ygan joyimiz bor. Uydagilar, hamkasblar esiga tushganda so‘rasa ana berisharkan, mana berisharkan deb aldab kelyapmiz. Shuning ortidan tuppa-tuzuk yolg‘onchiga aylanib qoldik”, Shohruxmirzo G‘aniyev.

    Tanlov gran-prisi sohibi Sarvinoz Kamalova
    Foto: Andijon viloyati hokimligi

    Gran-pri sohibi Sarvinoz Kamolova ham umidlari puchga chiqqanini, masʼullarga nisbatan ishonchsizlik paydo bo‘layotganini aytmoqda.

    “Bitta tanlovda qatnashish uchun qancha harakat qilamiz. Izlanamiz, yangilik yaratishga harakat qilamiz. Tanlov Toshkentda bo‘lganda ham mayli edi. Ketgan vaqtimiz va pulimizga achinmaymiz. Lekin festival Andijonda bo‘ldi.

    Bir hafta oldin borib, joylashdik. Tanlovda g‘olib ham bo‘ldim. Keyin yakuniy tadbirlarda chiqishimiz kerakligini aytib, olib qolishdi. Yotog‘imiz, oziq-ovqatimizga qancha ketganini o‘zimiz bilamiz.

    “Ovoz” loyihasida ishtirok etish davomida vazirga muammoni vazirga aytishga harakat qildik, lekin buning imkoni bo‘lmadi. To‘g‘rirog‘i, hal qilib beramiz, deb yana aldashdi”, — deydi Sarvinoz Kamolova.

    Sanʼatkorlarni “kiydirgan” vazirlik bo‘lib chiqyapti

    “Daryo” muxbiri viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Marhaboxon Sattorova bilan bog‘langanida, u g‘oliblarga beriladigan to‘lovlarni vazirlik bo‘yniga olganini bildirgan.

    “Men o‘sha paytda mezbon sifatida tashkiliy ishlar bilan asosiy sahna tomonda edim. Tanlov bilan vazirlikning Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Farrux Yunusov shug‘ullangan.

    Hokimlik hakamlar va boshqa masʼullarning yotoqxona, oziq-ovqat xarajatlarini bo‘yniga olgan. Tanlov g‘oliblarining mukofotlarini berish vazirlikning zimmasida qolgan”, — dedi boshqarma boshlig‘i.

    Hokimlik javob xati
    Foto: Skrinshot

    Viloyat hokimligi masʼullari ham tanlov vazirlik tashabbusi bilan o‘tkazilganini, hokimlikning hech qanday aloqasi yo‘qligini bildirdi.

    “Tanlov xarajatlari smetada yo‘q”

    “Daryo” Madaniyat vazirligi Ijodkor yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Farrux Yunusov bilan ham bog‘landi.

    Farrux Yunusov
    Foto: Madaniyat vazirligi

    “Festivalni xorijdan olib kelingan sanʼatkorlar bilangina o‘tkazmasdan, o‘zimizning iqtidorli yoshlarni kashf qilib, ularning tanlovda ishtirokini taʼminlab, yakunda g‘olib va sovrindorlarni rag‘batlantirish yo‘l-yo‘lakay ko‘zda tutilgan masala edi. Aslida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida hujjat, topshiriq bo‘lmagan.

    G‘oliblarga mukofot pullari berilmaydi emas, beriladi. Faqat ayni paytda byudjetimizda taqchillik yuzaga kelmoqda. Shu sababli yaqinda g‘oliblardan birini chaqirtirib, ularga hozirgi sharoitni tushuntirdik.

    Agar dekabr oyining yakuniga qadar byudjet hisobraqamlari ochilib qolsa, albatta, berib yuboramiz. Qolib ketmaydi. G‘oliblarning u pullari bizga kerak emas. Shu kungacha qanaqa tanlov bo‘lsa, hammasiga mukofot pullari berilgan. Faqat shu tanlovda berilmay qoldi”, dedi Yunusov.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, shu kunga qadar unga tanlov g‘oliblari tomonidan bir marta murojaat bo‘lgan. Shundagina ularga mukofot pullari berilmayotganidan xabar topgan.

    Vazirlik javob xati
    Foto: Skrinshot

    G‘oliblar esa tanlov yakunlaridan buyon vazirlikka nafaqat yozma, balki bir necha marotaba og‘zaki murojaat ham qilinganini bildirishdi. Yunusov esa bundan yaxshi xabardorligini aytishdi. Qiziq, Yunusov nimani yashirmoqchi?

    “Lof bo‘lmasin bitta o‘zim kamida o‘n-o‘n besh marotaba Farrux Yunusov va uning yordamchisi Jasur Sattorov bilan shu masalada gaplashganman. Ular “bo‘ladi, bo‘ladi” deyishdan boshqasiga yaramaydi. Ammo vazir o‘rinbosari yuborgan javob xatlarida boshqa narsani gapirishadi. Doim yosh boladek aldaydi”, deydi Bobur O‘razaliyev.

    Vazirlik huzuridagi Xalqaro festivallari direksiyasi
    Foto: Skrinshot

    Ushbu masala yuzasidan Madaniyat vazirligi axborot xizmati rahbari Sirojiddin O‘sarov bilan bog‘langanimizda yig‘ilishda ekanligini aytib, keyin o‘zi aloqaga chiqishini bildirdi. Biroq oradan bir necha kun o‘tgach matbuot kotibi safarda ekanligini va bu bo‘yicha O‘zbekistonga qaytib borganida xabarlashishini aytish bilan kifoyalandi.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    17.12.2024, 22:09   Izoh (0)   24560
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Andijon#Madaniyat vazirligi#Dunyo sadolari
    Umidjon Mamarasulov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chiroqsiz qolgan O‘zbekiston, “udlinitel” sovg‘a qilingan o‘quvchi, yubka “kiydirilgan” Chusovitina, qorli izg‘irinda ishlayotgan elektriklar — 2022-yilning shov-s...

    31.12.2022, 20:11

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi? (ro‘yxat)

    27.01.2023, 13:28

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh xotin-qizlarni “Zulfiya” mukofoti bilan taqdirladi

    06.03.2023, 20:10

    Ochiqlikka oid qonunchilik talablariga rioya etmagan mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli chora ko‘rish bo‘yicha taqdimnoma kiritildi

    15.06.2023, 15:56

    Prezident bir guruh yigitlarni “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirladi (ro‘yxat)

    30.06.2023, 13:32

    Boney M va Doktor Albandan Otawan guruhigacha: Andijonda jahon yulduzlari ishtirokida shou-konsert bo‘lib o‘tdi

    20.07.2023, 12:44

    O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov vafot etdi

    01.08.2023, 20:11

    2023-yilda vafot etgan o‘zbek san’ati va madaniyati vakillari 

    31.12.2023, 16:55

    2024-yilda nemis tiliga o‘qigan 1000 nafar yoshlar Germaniyaga kasbiy taʼlim olish va ishlash uchun yuborilishi ma’lum qilindi

    05.02.2024, 19:32

    Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipedchini urib yubordi (video)

    18.02.2024, 08:22

    Sanʼatkorlardan o‘qituvchilargacha: Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida qator soha vakillarini mukofotladi

    24.08.2024, 15:32

    O‘zbekistonda 20 mlrd so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi 

    09.09.2024, 12:43

    Andijonda 98 mln so‘mlik suyultirilgan gaz ballonlarini boshqalarga berib yuborgan tumangaz xodimlari ushlandi

    05.12.2024, 18:49

    O‘zbekistonda 7-dekabr kuni harorat yana pasayadi

    06.12.2024, 10:35

    O‘zbekistonda 8-dekabr kuni 7 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda

    07.12.2024, 12:10

    Superliga va Proliga jamoalari 2025-yilgi mavsumda Adidas Tiro Pro to‘plaridan foydalanadi

    07.12.2024, 15:37

    O‘zbekistonda harorat kechalari 10 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda

    08.12.2024, 10:30

    O‘zbekistonda 10-dekabr kuni havo harorati qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    09.12.2024, 18:32

    Andijonda Lacetti yonib ketdi

    09.12.2024, 19:40

    Andijonda Lacetti “peshexod”dan o‘tayotgan 12 yoshli bolani urib yubordi

    09.12.2024, 22:55

    Uchta hududda qariyb 700 mln so‘mlik “svet” va gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

    10.12.2024, 21:17

    O‘zbekistonda 12-dekabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi

    11.12.2024, 13:10

    Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi

    11.12.2024, 18:34

    Andijonda uy-joyi “snos”ga tushgan fuqarolarga salkam 7 milliard so‘mlik kompensatsiya pullari undirib berildi 

    11.12.2024, 16:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.