• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekiston bozori zabt etildi. Endi navbat AQSHga” — uzoq marrani ko‘zlagan o‘zbek tadbirkori hikoyasi

    “Iqtisodchi bo‘lish bolalikdagi orzum edi. Chunki iqtisodchilar qanday ko‘p pul topishni bilishadi-da”. O‘zbekistonda Elmakon va olcha.uz kabi muvaffaqiyatli bizneslar asoschisi, endilikda AQSHda faoliyat olib borayotgan IT tadbirkor Elyor Bozorov o‘z hikoyasini shunday boshlaydi.

     Hammasi fermadan boshlangandi

    Bolaligim Sovet Ittifoqi qulagan, oddiy iste’mol mahsulotlarini topish ham ming mashaqqat bo‘lgan davrlarga to‘g‘ri kelgan. Oilamiz yaxshiroq hayot ilinjida ona shahrim Navoiydan poytaxtga, Toshkentga ko‘chib kelgan. To‘rtinchi sinfga o‘tgunimga qadar bobom-buvimning qaramog‘ida o‘sdim. Kattagina ferma egasi bo‘lgan bobom menga qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sirlarini o‘rgatdi. Garchi o‘sha vaqtda mohiyatini tushunmasam ham, bobomning ta’minot zanjiri, ishchilarga rahbarlikdagi oqilona boshqaruvini kuzatarkanman, menda tadbirkorlik, yetakchilik qobiliyatlari shakllana bordi. O‘shandayoq bu hayotda nimaga erishmoqchi ekanligimni anglab olgandim.

    Ota-onam shifokor bo‘lishimni istashdi, ammo mening orzum iqtisodchi bo‘lish edi. Sababi juda qiziq: iqtisodchilar qanday ko‘p pul topishni bilishadi! Bolalikdagi yetishmovchiliklar, oilamga yordam berish istagi har tomonlama o‘z ustimda ishlash, o‘qishda va jamoatchilik ishlarida ilg‘or bo‘lishga undardi. Faol o‘quvchi sifatida bir necha karra maktabda “ta’lim vaziri”, “prezident” etib saylangandim.

    Beshinchi sinfda o‘qib yurganimda onam bolalar kiyimlari do‘konini ochdi. Darsdan keyin unga do‘kon ishlarida yordam berib, ta’minot zanjiri, ustama narx, buxgalteriya hisobi, pul aylanmasi haqida amaliy bilimlarga ega bo‘ldim.

    To‘qqizinchi sinfda almashuv dasturi asosida bir yil AQSHda tahsil olish nasib qildi. 3,7 GPA’ga ega bo‘lish bilan birga Amerika bo‘lajak biznes yetakchilari klubiga a’zo bo‘lib, milliy tanlovlarda o‘z biznes loyihalarimni taqdim etdim. 200 soatlik volontyorlik faoliyatim uchun prezident Obama ma’muriyatining maxsus medali bilan taqdirlandim. Amerikada o‘tkazilgan bir yil menda tadbirkor uchun muhim bo‘lgan mustaqillik va shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini tarbiyaladi.

     Baxtli hayot sari chipta

    O‘zbekistonda nufuzli universitetda tahsil olish o‘sha davrda hashamat hisoblanardi. AQSHdagi hayot nafaqat qarorlar borasida, balki moliyaviy mustaqillikka ham o‘rgatgani bois ta’lim xarajatlarini ota-onamning zimmasiga yuklay olmasdim. Baxtim kulib, 2011-yilda Transport vazirligi tanlovida O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarish haqidagi biznes loyiham bilan ishtirok etib, istalgan universitet uchun to‘rt yillik to‘liq grant yutib oldim. Moliyaviy ahvol sabab oliy ta’lim orzu bo‘lib turgan bir vaqtda bunday yutuq baxtli hayot sari chipta edi. Va men mamlakatdagi eng old xalqaro oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Vestministr universiteti iqtisodiyot va moliya yo‘nalishi talabasiga aylandim.

     Paypoq biznesidan keyingi manzil – Dubay

    Universitet tahsili barobarida o‘z biznesimni boshladim. Bozorni uch oy davomida tahlil qilgach, paypoq savdosi serdaromad, degan xulosaga keldim. O‘zbekistondagi eng yirik mobil telefon distribyutorlaridan bo‘lgan amakimga biznes loyihamni ko‘rsatib, ish boshlashim uchun 100 ming dollar olishga muvaffaq bo‘ldim. Ta’til vaqtida Xitoyga safar chog‘ida 30 ming dollarga paypoq buyurtirib, ulgurji savdoni boshlab yubordim. Bu biznesdagi uch yillik faoliyatim davomida sakkizta do‘kon ochdim, kompaniyaning yillik daromadini qariyb 2,5 mln dollarga olib chiqdim.

    Universitetni bitirishim bilanoq Dubayda joylashgan mobil telefon va maishiy elektronika distributsiyasi bilan shug‘ullanuvchi BM Electronics kompaniyasiga ishga taklif qilishdi. Bu top-menejer bo‘lish maqsadim sari katta qadam edi. Kompaniyadagi faoliyatimning dastlabki olti oyida muammoli nuqta hisoblangan ta’minot zanjiri masalasini hal qilish vazifasi yuklatildi. Omborxonalar faoliyatiga yangi ERP-tizimini joriy qilish orqali yetkazib berish xizmatini 20 foizga tezlashtirishga – 15 kundan bir haftaga qisqartirishga muvaffaq bo‘ldim.

     Xuddi Stiv Jobsdek: “Hammasi kichkina garajdan boshlangandi”

    Dubaydagi faoliyatim davrida Markaziy Osiyo davlatlarida onlayn savdo bilan shug‘ullanuvchi yangi biznes – BMBOX.com’ga asos soldim. Bu ilk onlayn-loyiham Dubaydan bir hafta ichida elektronika va parfyumeriya tovarlarini yetkazib berish xizmatini taklif qilardi. Atigi uch harakat bilan turli davlatlardan mahsulot xarid qilish imkonini bergani bois loyiha O‘zbekistonda tez ommalashdi.

    Deyarli barcha yangi mobil telefonlar avval BMBOX.com’da, keyin ochiq bozorda sotiladigan bo‘ldi. 2016-yilga kelib platforma qariyb 4500 dona telefon va 1,5 mln dollar qiymatidagi parfyumeriya sotishga erishdi.

    2015-yil oxirida O‘zbekistonga qaytib, BM Electronics’ning biznesni rivojlantirish jamoasini boshqara boshladim. O‘sha yillarda yoshlar Stiv Jobsdan ilhomlanar, “hammasi kichkina garajdan boshlangandi” qabilidagi hikoyalar juda mashhur edi. Va menga ham o‘z garajimda ingliz tilida suhbat o‘tkazib, jamoa yig‘ish fikri keldi. Shu tariqa yig‘ilgan jamoa bilan HTC bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, mazkur brend telefonlarining savdosini 60 foizga oshirishga erishdik.

     Halol nasiya – Elmakon’da

    2017-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti yangi va ochiq shaklga o‘tdi. Distribyutorlik faoliyatini yangi darajaga olib chiqish maqsadida chakana savdo tarmog‘i – Elmakon’ga asos soldim. Deyarli bir yarim yil ichida mamlakat bo‘ylab 11 ta do‘konga asos solib, oylik savdo hajmini 2 mln dollarga yetkazishga muvaffaq bo‘ldim.

    Ushbu loyiha biznesning barcha tarmoqlari – keng qamrovli marketing, o‘z vaqtidagi ta’minot, chakana savdo, omborxona ishi, keng miqyosda xodimlarni saralash, yirik jamoa boshqaruvi, jamoaviy ish, hamkor va ta’minotchilar bilan muzokaralar, rejalashtirish, buxgalteriya kabilarning ichiga kirib borish imkonini berdi.

    Ahamiyatli jihati, Elmakon O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib islomiy moliyaga asoslangan halol nasiya xizmatini taklif qilgan savdo tarmog‘i bo‘ldi.

     O‘zbekiston onlayn biznesining “olcha”si

    2017-yil dekabrida yana bir onlayn savdo platformasi – olcha.uz’ni yo‘lga qo‘ydim. Maqsad onlayn biznes tortining ustidagi olchaga aylanish edi. Kompleks veb-sayt va jamoamiz bilan ishlab chiqqan CRM-tizimi yordamida butun O‘zbekiston bo‘ylab tovarlarni yetkazishga odatda bir hafta ketadigan kezlarda biz 3 kun ichida yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydik.

    2020-yilda pandemiya tufayli onlayn xizmatlar yangi bosqichga chiqdi, xususan, olcha.uz orqali 2,4 mln dollar qiymatidagi 20 ming dona mahsulot sotildi. Shuningdek, qat’iy karantin cheklovlari amal qilib turgan vaqtda ham buyurtmalarning o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berilishini ta’minlay oldik.

     

    Huawei’ni ommaboplik bo‘yicha ikkinchi o‘ringa olib chiqdik

    Huawei O‘zbekiston bozoriga kirib kela boshlaganida menga kompaniyadan taklif tushdi. Asosiy vazifam brendning onlayn va chakana ko‘rinishdagi savdosini tizimlashtirish edi. Lekin ish boshlaganimizdan so‘ng AQSH Huawei’ga sanksiyalar kiritgach, u Google’ga tegishli bo‘lgan Android tizimidan foydalanishi mumkin bo‘lmay qoldi. Natijada kompaniya o‘zining muqobil operatsion tizimi – HMS’ni joriy qildi. Yangi operatsion tizim mijozlar uchun noqulaylik tug‘dirganiga qaramay, Huawei telefonlari savdosini kutilgan ko‘rsatkichdan ham oshirishga (20 foiz) muvaffaq bo‘ldik. 2019-yil yakuniga kelib esa Huawei o‘z raqibi Samsung’dan keyin eng ommabop mobil telefonga aylanishiga erishdik.

    Huawei yirik biznes haqidagi tasavvurlarimning shakllanishida va yirik tizimda faoliyat olib borish ko‘nikmalarini hosil qilishimda beqiyos rol o‘ynadi.

     Pandemiya. Tanaffus. Magistratura. Salom, AQSH!

    Pandemiya hayotimda qayta yuklash davri bo‘ldi. Karyerada biroz chekinish qilib, magistraturada o‘qishga qaror qildim. Baxtim kulib, AQSHdagi Lihay universitetining biznes kollejida o‘qish uchun to‘liq stipendiya yutib oldim. Lihay MBA dasturi amaliy tajribamni akademik nuqtayi nazardan qayta ko‘rib chiqishga imkon berdi.

    Amerika ta’lim tizimidagi eng muhim jihatlardan biri – muhokamalarga ochiqlik. Har qanday masalada barcha o‘z fikrini o‘rtaga tashlay oladi. Bu hatto kurs ishlarida ham seziladi: hajm emas, o‘z fikringizni asoslantirib bera olishingiz muhim. Shuningdek, professorlar va talabalar o‘rtasida rasmiy dars jarayonlaridan tashqari norasmiy muloqotning ham borligi, ustozlarning yordamga shayligi e’tiborga molik. Yana bir muhim jihat bu Alumni Network, ya’ni biror kompaniyaga ishga kirmoqchi bo‘lsangiz, o‘sha yerda ishlaydigan ayni universitet bitiruvchisini topib, maslahat olish imkoniyati mavjud.

    Universitetning eng oldi professorlaridan bo‘lgan Deyl Falsinelli shunday degandi: “O‘z biznesingni qurish uchun imkon va jur’at bo‘lsa, boshqalarning kompaniyasida ishlashni xayolingga ham keltirma, u yerda o‘z biznesini boshlay olmaganlar yig‘ilgan bo‘ladi”. Mana shu suhbat, qolaversa, ishbilarmonlar dunyosidagi yangi qarashlar bilan tanishuv AQSHda o‘z biznesimni ochish fikrini uyg‘otdi.

     AQSHning logistika va bank tizimiga qadamlar

    Hozir AQSHda ikki turdagi biznes ustida bandman. Biri faol holatda, ikkinchisi esa tayyorgarlik bosqichida.

    Frontline Express – logistika kompaniyasi. U Shtatlar bo‘yicha tezkor mashinalar yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Tashkil qilinganiga endi bir yil to‘lganiga qaramay, bu biznes 20 ga yaqin xodimlar jamoasiga ega, shuningdek, savdo hajmi qariyb 1 mln dollarga yetdi. 2024-yilda bu ko‘rsatkichni uch baravar oshirishni maqsad qilganmiz.

    AQSHda logistika xizmatlariga har doim ehtiyoj bor, qizig‘i, sobiq sovet davlatlaridan kelganlar bu sohada o‘zining salmoqli o‘rniga ega. Mening loyiham tezkor va onlayn shaklda mijoz va mashina yetkazib beruvchilar o‘rtasida vositachilarni kamaytirishni nazarda tutadi.

    Ikkinchi loyiha musulmonlar uchun yangicha bank tizimi. Aniqroq aytganda, kredit tizimiga muqobil ravishda halol nasiya orqali savdodan iborat. Bu tizim o‘z onlayn platformasi orqali qarzga mahsulot sotib, islomiy moliya asosida to‘lov tizimini ham taklif qiladi. Bunday xizmat AQSH bozori uchun yangi bo‘lsa-da, boshqa davlatlarda ommalashib bormoqda.

    Universitet shaxs sifatida shakllanishga yordam beradi

    Bilimli odam har doim bilimsizdan ustun turgan. Tadbirkor esa muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi va ilm olishi kerak. Qolaversa, u o‘z vaqtini qadrlashi va imkoniyatlaridan maksimal foydalana olishi lozim. Bu xoh universitet ta’limi, xoh onlayn kurslar, xoh amaliy tajriba, xoh kitob mutolaasi bo‘lsin. Hozirgi davrda til bilgan inson atigi bir nechta harakat bilan kerakli bilimni topib olishi mumkin. Ammo tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, universitet ta’limi har doim faqat va faqat foyda keltiradi. Ayniqsa, shaxs sifatida shakllanishga, netvorking, ya’ni aloqalarga ega bo‘lishda universitetning roli beqiyos. Faqat bunda maqsad diplom emas, bilim bo‘lishi lozim. Aks holda, boshqa foydaliroq ish bilan mashg‘ul bo‘lgan ma’qul.

    O‘zbekiston va AQSHdagi biznes muhitini solishtirsak, faoliyat miqyosi, imkoniyatlar ko‘lami jihatidan ular ko‘l va okeanga o‘xshaydi. Umumiy jihati bitta – ikkisida ham jungli qonuni amal qiladi: faqat kuchlilar g‘alaba qozonadi.

    Ayrim texnik masalalarda O‘zbekistonni ilg‘orroq deyish mumkin. Ayniqsa, to‘lov tizimlari borasida amerikaliklar ancha konservativ. O‘zbekistonda esa bu borada rang-baranglikni kuzatish mumkin.

    Tanish-bilishchilikning yo‘qligi, umumiy madaniyatning begonaligi Amerikaga kelgan muhojir tadbirkor uchun qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Ammo qonun ustuvorligi, imkoniyatlar kengligi juda katta yutuq hisoblanadi.

    Saidaziz A’zamov, Uzbekistan’s club

    01.04.2024, 10:41   Izoh (0)   17897
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorijdagi talabalar haqida hikoya qiluvchi O‘zbekistonlik.Students loyihasi yo‘lga qo‘yildi

    14.09.2023, 19:34

    Uzbekistan’s Club xorijdagi talabalar haqida hujjatli film suratga oldi

    16.09.2023, 19:29

    Uzbekistan’s club jurnalining yangi sonida 20 nafar progressiv o‘zbekistonliklarning ro‘yxati e’lon qilindi

    19.10.2023, 16:55

    Uzbekistan’s club jamoasi AQSH va Kanadada suratga olish ishlari uchun ko‘ngillilar qidirmoqda

    28.10.2023, 17:00

    Muxlisa Azizova: “Shovqinli zamonamizda muhim mavzularga san’at orqali e’tibor qaratish zarur”

    03.03.2024, 21:15

    Kamila Erkaboyeva: Chilonzordan Lordlar palatasigacha bo‘lgan yo‘l

    14.03.2024, 19:02

    Otabek Nuritdinovning burilishlarga boy hayot yo‘li

    14.03.2024, 22:25

    “Toshkentga qaytib borsam, oilam bag‘rida norin va patir yesam, o‘zimni chindan baxtli hisoblayman” – oftalmolog Shohista Saidqosimova

    24.03.2024, 20:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Esports World Cup Chess. Javohir Sindorov musobaqa bilan xayrlashdi, Nodirbek Abdusattorov esa pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi

    Sport | 31 iyul, 10:30

    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

    Reklama | 31 iyul, 10:30

    Yevropa Ittifoqida oktyabr oyidan boshlab yangi chegara nazorati tizimi ishga tushiriladi

    Dunyo | 31 iyul, 10:29

    O‘zbekistonda yil boshidan beri samolyotda 5 ta o‘lim qayd etildi

    O‘zbekiston | 31 iyul, 10:21

    Uchayotgan samolyot yo‘lovchining buyumi sababli ortga qaytdi

    Dunyo | 31 iyul, 10:12

    “Dunyo go‘zali 2025” tanlovida kim g‘olib bo‘ldi va u haqda nimalar ma’lum?

    Shou-biznes | 31 iyul, 09:47

    Abbosbek Fayzullayev — “Bashakshehir”ning eng qimmat futbolchisi

    Sport | 31 iyul, 09:40

    FQB: Trampning Rossiya bilan aloqalariga oid maxfiy hujjatlar topildi

    Dunyo | 31 iyul, 09:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.