Toshkent shahrining ikki tumani Bektemir va Mirobodda bugun, 25-sentyabr kuni elektr taʼminoti vaqtincha o‘chirildi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” xabar berdi.
Keltirilishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 25-sentyabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chirildi:
- Bektemir tumani: “Nurli yo‘l” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Mirobod tumani: “Sarakul” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytildi. “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘radi.
Izoh (0)