Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 7-turida “Real” “Alaves” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda gol muallifiga aylangan Kilian Mbappe 80-daqiqada zaxiraga olindi.
Jurnalist Xose Luis Sanchesning ma’lum qilishicha, Kilian chap sonida noqulaylik his qilgan. Futbolchi 25 yoki 26-sentyabr kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng futbolchining ahvoli haqida aniq ma’lumot beriladi
25 yoshli fransuz “Real”ga o‘tganidan so‘ng 9 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta golga mualliflik qildi.
Izoh (0)