Klaudio Bravo “Barselona”ga qaytish uchun faoliyatini tiklamoqchi.
Kataloniyaliklarning sobiq darvozaboni o‘z faoliyatini qayta tiklamoqchi. “Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen “Vilyarreal”ga qarshi bahsda (5:1) jarohat oldi va 7-9 oy mobaynida maydonga tusha olmasligi aniq bo‘ldi.
“Agar klub meni chaqirsa, tayyorman”, — deydi Bravo.
41 yoshli darvozabon “Betis” bilan shartnomasi yakuniga yetgach, avgust oyida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgandi. O‘tgan mavsumda kiper barcha musobaqalarda 14 ta o‘yin o‘tkazgandi. Shuningdek, Chili tarkibida Amerika Kubogida ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, Klaudio Bravo 2014-yilda “Real Sosyedad” safida “Barselona”ga o‘tgan edi. 2017-yilda esa “Manchester Siti” tarkibiga borib qo‘shilgan edi.
Izoh (0)