Samarqand viloyati Urgut tumanida 110,7 mln so‘mlik suyultirilgan gazni o‘zlashtirgan chilangar-taʼminotchi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “Urguttumangaz” GTB suyultirilgan gaz xizmati chilangar-taʼminotchisi F.P. soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali aholiga tarqatilishi lozim bo‘lgan 110,7 mln so‘mlik suyultirilgan gazni boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu pul mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)