Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta klub bilan shartnomasini 3 yilga uzaytirdi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
![](/static/2024/09/12/arteta-prodlil-kontrakt-s-arsenalom-na-tri-goda-new-york-times_1726129850774522528-GSlb7_Tr.jpg)
Qayd etilishicha, Mikel Artetaning avvalgi shartnomasi shu mavsum oxirida tugashi kerak edi, biroq har ikki tomon kelishuvga asosan shartnoma yana uch yilga uzaytirildi. Yangi shartnoma murabbiyga 2027-yilgacha “Arsenal”da ishlash imkonini beradi.
Ispaniyalik murabbiy 2019-yilda ingliz klubini qabul qilib olgandi.
“Arsenal” 2024—2025-yilgi mavsumda Angliya Premyer Ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa uchta o‘yindan yetti ochko to‘pladi. Turnir peshqadami “Manchester Siti” 9 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda.
Keyingi turda “Arsenal” 15-sentyabr kuni “Tottenhem”ga qarshi bahs olib boradi.
Izoh (0)