Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Rossiya va Ukraina o'rtasida aloqa o'rnatilmasa, ziddiyat cho'zilib ketishi va yomonlashishi mumkinligini aytdi.
“G'arb jamoatchiligida avval tinchlik rejasini ishlab chiqish kerak, keyin muzokaralar boshlash kerak, undan so‘ng o't ochishni to'xtatish kerak, degan noto'g'ri tushuncha keng tarqalgan. Bu to'g'ri emas”, dedi u.
Uning ta’kidlashicha, so‘nggi o‘n yilliklarda tomonlar avvaliga o‘q uzishni to‘xtatib, keyin muzokaralar stoliga o‘tirish tendensiyasi kuzatilgan.
Vengriya Bosh vaziri, shuningdek, Yevropa Ittifoqi tashqi siyosatini o‘zgartirishi va tomonlarni yana bir bor tinchlikka chaqirishi zarurligini ta’kidladi.
“Avvallari Yevropa Ittifoqi har doim mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori bo‘lgan, ammo hozirda Ittifoqning bu pozitsiyasi haqida gapirishning hojati yo‘q. Chunki butun Yevropada harbiy muhit hukm surmoqda. Menimcha, bu Yevropa Ittifoqi uchun yaxshi emas”, deb ta'kidladi Orban.
Izoh (0)