• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-sentyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    O‘zbekiston qonunchiligida 2024-yil 1-sentyabrdan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Norma ushbu sanadan kuchga kiradigan asosiy o‘zgarishlarni taqdim etdi.

    Pensiya va nafaqalar oshadi

    Pensiya va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi. Bunda quyidagilar belgilanadi:

    • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 428 000 so‘m;
    • yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 834 000 so‘m;
    • nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — oyiga 920 000 so‘m.

    Jahon brendlari bilan hamkorlik qilgan ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi

    Mashhur xalqaro brendlar ro‘yxatiga kiritilgan brend egalari bilan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzgan yuqori va o‘rta barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlik subyektlari uchun:

    xalqaro standartlarni joriy etish, ekologik sertifikatlash va muvofiqlik bo‘yicha sertifikatlash, shuningdek, brend egalari korxonalarida, xususan, ularning ishlab chiqarish maydonchalarida ro‘yxat bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha xarajatlar qoplab beriladi.

    Ov qilishning yangi tartibi belgilanmoqda

    Ov qilish faqat ovchilik xo‘jaliklari hududida amalga oshiriladi va ovchilik xo‘jaliklari hududidan tashqarida ov qilishni amalga oshirish taqiqlanadi.

    Yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish joylarini, kichik safari parklar va ov turizmini tashkil qilgan ovchilik xo‘jaliklari ushbu faoliyat yo‘nalishlarini tashkil qilgandan boshlab 3 yil muddat mobaynida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

    Zargarlik sohasiga imtiyozlar

    2027-yil 1-sentyabrgacha bo‘lgan davrda:

    • “Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun belgilangan soliq imtiyozlari zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi va “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi a’zolari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi;
    • zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi va “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi a’zolari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari va yer uchastkalari mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod qilinadi.

    Toshkentda va Navoiy viloyatida nogironlikni aniqlashning yangi tartibi

    Fuqarolar nogironlikni belgilash uchun YIDXP (my.gov.uz), “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qila oladilar. Bunda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida (TIEK) ko‘rikdan o‘tkazish uchun tibbiy hujjatlar oilaviy shifokorlar tomonidan elektron shaklda yuboriladi.

    Davlat xaridlarida ustunliklar

    Elektron do‘kon vositasida davlat xaridlarini amalga oshirishda narx va boshqa sharoitlar teng bo‘lgan hollarda, ushbu mezonlarning biri asosida nogironligi bo‘lgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlagan kichik tadbirkorlik subyektlarining takliflari ustunlikka ega bo‘ladi.

    Turoperatorlarga imtiyozli kreditlar ajratiladi

    Kirish turizmi faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan turoperatorlarni xorijiy mamlakatlardan respublikaga turistlarni olib kelishda aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun 50 mln AQSH dollari ekvivalentida milliy valyutada yillik 14% stavkada kredit liniyasi ochiladi.

    Trotuarlarni ta’mirlash – faqat ruxsatnoma asosida

    Jismoniy shaxslar va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, har qanday yuridik shaxs tomonidan yo‘llar, trotuarlar va boshqa yo‘l infratuzilmasi obyektlarida qurilish ishlarini olib borish, yo‘l obyektini har qanday ko‘rinishda ta’mirlash, buzish, qazish, o‘zgartirish, rekonstruksiya qilish faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan so‘ng amalga oshiriladi.

    Sholikorlarga – imtiyozli kreditlar

    Fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa mahsulot ishlab chiqaruvchilarga sholi yetishtirish va xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun Prezidentning 15.12.2021 yildagi PQ-52-son qarorida belgilangan shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi.

    Xorijiy til bo‘yicha imtihon xarajatlari qoplanadi

    2027-yil 1-yanvarga qadar yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi hamda mazkur xarajatlar agentlikka ajratilgan mablag‘lar doirasida qoplanadi.

    Soliq tekshiruvlaridagi o‘zgarishlar

    Tadbirkorlik subyektlari tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni markirovkani o‘qish qurilmalaridan foydalanmagan holda sotish holatlari soliq organlari bazasi ma’lumotlari asosida aniqlanganda, ushbu tadbirkorlik subyektlari shaxsiy kabineti orqali holat yuzasidan ogohlantiriladi hamda quyidagi choralarni ko‘rish amaliyoti joriy etiladi:

    • ikki marta ogohlantirishdan so‘ng qonun buzilishi bir oy ichida qayta takrorlangan taqdirda, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat yuzasidan soliq tekshiruvi tayinlanadi;
    • qonun buzilishi soliq tekshiruvi yakunlangandan bir oydan keyin qayta takrorlanganda tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilmasdan hamda Biznes-ombudsmanni tekshirish kunida xabardor qilgan holda soliq tekshiruvi tayinlanadi;

    Ikkita hududda bepul maktab avtobuslari autsorsingga beriladi

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

    Ekofaollarga – velosiped va boshqa sovg‘alar

    Chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash bilan shug‘ullanuvchi sanitar tozalash korxonalarining, tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi obodonlashtirish bo‘limlarining eng yaxshi xodimlari, jamoatchilik ekologik nazorat organlari va ekofaollar velosipedlar va boshqa sovrinlar bilan taqdirlanadilar.

    Sport maktablarida ustamalar kiritilmoqda

    Ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.

    Xavfli yuk tranziti bo‘yicha yangi qoidalar

    Xavfli yuklar tranziti uchun ruxsatnoma elektron shaklda beriladi.

    Yo‘l harakati qoidalari buzilishi bo‘yicha tayinlangan qarorlar ustidan shikoyatni YIDXP orqali bersa bo‘ladi

    Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga YIDXP orqali elektron murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

    Tamaki tranzitining yangicha qoidalari

    O‘zbekiston hududi orqali tamaki mahsulotlarining tranziti uchun quyidagi talablar joriy etiladi:

    • tovar ishlab chiqarilgan mamlakat sertifikati, uni yetkazib berish shartnomasi (bitimi), tovarlar bir nechta qismga ajratilib, tranzit yo‘li bilan tashilgan taqdirda, uni olib o‘tish jadvalining mavjudligi;
    • yuk olib o‘tuvchi tomonidan tegishli bojxona to‘lovlarining summasi O‘zbekiston bojxona organlarining depozit hisob varag‘iga o‘tkazilganligi. Bunda keyinchalik tovarlar respublika tashqarisiga olib chiqilganligi tasdiqlangandan so‘ng to‘langan summalar qaytariladi;
    • tamaki tashuvchi transport vositalarining faqat inspeksion ko‘rik majmualari bilan jihozlangan chegara bojxona postlari orqali o‘tkazilishi;
    • qabul qiluvchi davlatning aksiz markasi bo‘lgan tamaki mahsulotlarini respublika hududidan tranzit olib o‘tishga ruxsat etilishi, bundan aksiz markasi qo‘llanilmaydigan davlatlardan import qilish yoki ularga eksport qilish hamda qonunchilikka muvofiq aksiz markasi talab etilmaydigan holatlar mustasno.

    Bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun yangi darslar

    Ijod maktablarining 10 va 11-sinf o‘quvchilarini:

    • Madaniy meros agentligi bilan birgalikda gid, tahrirchi va restavrator yordamchisi kasblariga;
    • O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tele va radiokanallarda rejissyor yordamchisi, ovoz yozish rejissyori assistenti, muharrir yordamchisi hamda reportyor kasblariga;
    • Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda bosma nashriyotlarda muharrir va dizayner kasblariga;
    • Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va uning hududlardagi filiallari bilan birgalikda skanerlash va raqamlashtirish hamda raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlashga oid kasblarga;
    • Madaniyat vazirligi bilan birgalikda teatrlarda san’atshunoslik, aktyorlik san’ati, rejissyorlik, xalq ijodiyoti sohalaridagi kasblarga o‘rgatish bo‘yicha amaliy darslarni joriy qilish rejalashtirilmoqda.

    Menejerlik sertifikati egalariga maktablarda ustamalar to‘lanadi

    Yanvardan boshlab maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy qilingan edi.

    Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan quyidagi rahbar xodimlarga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga hap oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi:

    • maktab direktorlariga — 50 foiz;
    • maktab direktori o‘rinbosarlariga — 30 foiz.

    Gumus uchun imtiyozli kreditlar

    Qishloq xo‘jaligi vazirligining agrotexnik tadbirlar uchun taqdim etadigan talabnomalariga muvofiq tuproqning gumus miqdorini oshirish maqsadida Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 2025-yil paxta hosili uchun imtiyozli kreditlar ajratilishiga ruxsat berildi.

    01.09.2024, 09:00   Izoh (0)   32488
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-iyundan nimalar o‘zgaradi?

    29.05.2024, 13:25

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

    27.06.2024, 12:10

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

    31.07.2024, 13:44

    Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tgan Mustaqillik bayrami — suratlarda 

    31.08.2024, 23:58

    Namanganda O‘zbekistondagi eng katta musiqali favvoralardan biri foydalanishga topshirildi (video)

    31.08.2024, 22:44

    Jo Baydendan Vladimir Putingacha: Shavkat Mirziyoyevga qutlovlar kelmoqda 

    31.08.2024, 22:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Muhabbat va nafrat orasi bir qadam. “Yolg‘onchi” Tramp va “telba” Mask o‘rtasidagi mojaro ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi

    Dunyo | 6 iyun, 14:00

    Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

    Sport | 6 iyun, 13:54

    Osiyodan yana bir terma jamoa ilk marta mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi

    Sport | 6 iyun, 12:36

    Endilikda ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil bo‘yi kompensatsiya beriladi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 12:35

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dehli shahrida “Markaziy Osiyo - Hindiston” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:50

    Infantino: “Butun dunyodagi muxlislar O‘zbekistonning JCHdagi debyutini kutmoqda”

    Sport | 6 iyun, 11:21

    O‘zbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Maxtumquli Firog‘iy” filmi Londondagi kinofestivalda xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.