Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslarining para taekvondo sport turi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tmoqda.
Para taekvondo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -70 kg vazn toifasida dayanga chiqqan o‘zbekistonlik sportchi Javohir Aliqulov meksikalik Xuan Diyego Garsiya Lopezga qarshi murosasiz kechgan jangda 5:4 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.
Javohir Aliqulov ishtirokidagi yarim final janggi bugun, 30-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:48 da boshlanadi. Unda O‘zbekiston vakili ozarbayjonlik Imamaddin Halilovga qarshi dayanga chiqadi.
Izoh (0)