Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslari davom etmoqda.
Bugun, 30-avgust sanasida, erkaklar o‘rtasida S13 klassida 100 metrga chalqancha usulda suzish bo‘yicha saralash bellashuvlari yakunlandi. E‘tiborlisi, unda startga chiqqan O‘zbekiston vakili Kirill Pankov 1 daqiqa 03.31 soniya natija bilan final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ushbu yo‘nalishda qatnashgan yana o‘zbekistonlik sportchilar – Islam Aslanov hamda Muzaffar Tursunxo‘jayev 5- va 6-o’rinlarni band etdi.
Kirill Pankov ishtirokidagi final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:44 da boshlanadi.
Izoh (0)