Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonlaridan birining kichik oynasi singani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda aks etgan holat joriy yilning 4-iyul sanasida sodir etilgan. 4006-sonli metro vagonining tirqishi yo‘lovchilar tomonidan ehtiyotsiz harakat bilan ochilgan va natijada tirqish sinib ketgan. Ushbu holatdan poyezd mashinisti xabar topgach, belgilangan yo‘riqnomaga asosan harakat tarkibi elektrodepoga olib kirilgan va kamchilik bartaraf etilgan.
Yo‘lovchilardan metro xizmatidan foydalanish vaqtida ehtiyotkor bo‘lish hamda metro mulkiga zarar yetkazmaslik so‘raldi.
Izoh (0)