• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ozarbayjon — bizning muhim strategik hamkorimiz”. Ipak yo‘li bilan bog‘langan ittifoq

    O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatda ittifoqchi do‘stlari safi yana bittaga ko‘paydi. 22—23-avgust kunlari Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida ikki mamlakat o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

    Bu vaqtga qadar O‘zbekiston mintaqadagi qo‘shnilari Qozog‘iston va Tojikiston bilan ittifoqdoshlik to‘g‘risida shartnoma imzolagan edi. Xo‘sh, ittifoqchilik va strategik sheriklikning farqi nimada? Ittifoqchi davlatlar zimmasiga qanday majburiyatlarni oladi?

    Siyosatshunos Farhod Tolipov ushbu savolga javob berar ekan, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar jadal sur’atlar bilan rivojlanib, o‘zaro ishonchning ortishi natijasida ittifoqchilik shakllanishini, ittifoqchi davlatlar birgalikda xavfsizlik hamda harbiy sohada umumiy siyosat yuritishini taʼkidladi.

    “Shu vaqtga qadar O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar bilan strategik sheriklik to‘g‘risida shartnoma imzolagan. O‘zbekiston hozircha mintaqa davlatlaridan faqat Qozog‘iston va Tojikiston bilan ittifoqchilik haqida shartnoma imzolangan. Aslida davlatlar o‘rtasida strategik sheriklik, degani 3-4 ko‘rsatkichlar bilan ajralib turadigan munosabatlar tarzi hisoblanadi. Strategik sheriklar o‘zlarining hamkorliklarini keng qamrovli qilgan holda, uzoq muddatni mo‘ljal qiladi.

    Shuningdek, strategik sherik mamlakatlar o‘zining tashqi siyosatida global dunyodagi yirik muammolar bo‘yicha, pozitsiyalarini bir-biriga yaqinlashtiradi. Yaʼni strategik sherik hisoblangan davlatlar tashqi siyosatda bir-biriga zid tarzda harakat qilmaydi. Bu hamkorlik aloqalari yanada o‘sib, ravnaq topib borgani sari o‘zaro ishonch yuqori darajaga ko‘tarilib, ittifoqdoshlik munosabati shakllanadi.

    Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyev
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan davlatlar xavfsizlik va harbiy sohada umumiy siyosat yuritadi. Agar ittifoqchi davlatlarni biriga tashqi tahdid xavf solsa, ikkinchi ittifoqdosh davlat unga harbiy ko‘mak beradi. Yaʼni tashqi xavfga qarshi yelkama-yelka qarshi kurashadi. Mana shu ittifoqchilik hisoblanadi”, deydi Farhod Tolipov.

    Bugungi kunda Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin holat va Ukrainadagi urush natijasida quruqlik yo‘llariga bo‘lgan talabni yanada oshirdi. O‘zbekiston Yevropaga chiqish uchun Ozarbayjondan o‘tadigan Boku—Tbilisi—Kars quruqlik yo‘lagidan foydalanmoqchi.

    O‘zbekiston Xalqaro aloqalar bo‘yicha axborot-tahlil markazi direktori Sanjar Valiev “Daryo” savoliga javob berar ekan, transport yo‘laklaridan hamkorlikda foydalanish masalasida shunday dedi:

    — Ozarbayjon mamlakat hududini Janubiy Kavkazdagi transport markaziga aylantirish uchun ko‘p saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda. Kaspiy dengizida port infratuzilmasi rivojlanmoqda, Boku—Tbilisi—Kars quruqlik yo‘lagi mavjud, yangi kommunikatsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda. Shu bois Ozarbayjon infratuzilmasidan Yevropa va Yaqin Sharq bilan savdoni rivojlantirish uchun hamkorlik qilish O‘zbekiston uchun juda muhim.

    O‘z navbatida biz Markaziy Osiyoda juda jozibali yo‘llar tarmog‘iga egamiz. Afg‘onistonga yagona temiryo‘l O‘zbekistondan o‘tadi. Bizning saʼy-harakatlarimiz bilan Xitoy va Pokistonga temiryo‘l qurilishini boshlash bo‘yicha ishlarning chuqur bosqichiga yetdik. Bular dunyodagi ikkita yirik isteʼmol bozoriga – Janubiy (Hindiston bilan) va Sharqiy Osiyoga (Xitoy bilan) kirish uchun juda jiddiy loyihalardir.

    Picture background
    O‘rta yo‘lak
    Foto: “ekonomstrojdom.ru”

    Shunday qilib, har ikki davlatning mavjud va kelajakdagi transport infratuzilmasi o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun qo‘shimcha platforma yaratadi va qitʼadagi asosiy mintaqalarning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlaydi.

    Boshqa bir siyosatshunos Farhod Karimov Ozarbayjon prezidentining O‘zbekistonga rasmiy davlat tashrifining ahamiyati haqida to‘xtalib, ikki mamlakat o‘zining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmayotganini aytib o‘tdi.

    “O‘zbekiston va Ozarbayjon munosabatlari tarixiy asoslarga ega. Misol uchun, Alisher Navoiy Nizomiddin Ganjaviyning ‘Xamsaʼ asaridan ilhomlanib, o‘zining ‘Xamsaʼsini yaratgan. Turkiy tilni rivoj topishida o‘zbek va ozarbayjon xalqlarining tarixiy ildizlari muhim ahamiyat kasb etgan. Bundan tashqari, savdo-munosabatlarida Boku shahrida Buxoro karvonsaroylari bo‘lgan. Yaʼni qarindoshlik aloqalari saqlanib qolgan.

    Ozarbayjon bilan yaxshi aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, lekin hali imkoniyatlardan to‘liq foydalana olganimizcha yo‘q. O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo hajmi bir necha million dollarni tashkil qiladi xalos. Yaʼni, biz imkoniyatlarning o‘ndan birini ham foydalanmadik”, deydi siyosatshunos.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Farhod Karimovning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston Boku orqali Qora dengiz va O‘rta yer dengiziga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    “2023-yilning avgust oyida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan borgan edi. Ushbu uchrashuvda tadbirkorlik va investitsion dasturlarni almashish masalalari ko‘rib chiqilgandi. O‘shanda 400 million dollarlik shartnoma imzolangan.

    Va shu bilan birga, Boku—Tbilisi—Kars yo‘nalishidagi transport yo‘lagidan foydalanish masalasi muhokama qilingan edi. Bu yo‘l orqali O‘zbekiston Qora dengiz va O‘rta yer dengiziga chiqadi. Bu O‘zbekiston uchun juda ham muhim hisoblanadi. Lekin bu yerda o‘ziga yarasha muammolar mavjud. Ozarbayjon ushbu muammolarni mintaqadagi kuch markazlari Turkiya yoki Rossiya orqali yechishga harakat qilmoqda. O‘zbekiston fursatni qo‘ldan boy bermasdan shu jarayonda bevosita ishtirok etmoqda. Yaʼni, O‘zbekiston bu hududdan o‘tuvchi yo‘laklarni shakllanishida ishtirokchi sifatida qatnashmoqchi”, deydi u.

    Rasmiy uchrashuvlar yakuniga yetgach, ikki qardosh mamlakatning sanʼat vakillari ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Ozarbayjon prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi. Ilhom Aliyev va uning rafiqasini O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kuzatib qo‘ydi.

    Ma’lumot o‘rnida, 1995-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Shundan bir yil o‘tib, aniqrog‘i, 1996-yilda Toshkentda Ozarbayjon elchixonasi, 1998-yilda esa Bokuda O‘zbekiston elchixonasi ochilgan.

    Picture background
    Haydar Aliyev va Islom Karimov
    Foto: “avciya.az”

    1997-yilda Ozarbayjonning umumxalq yetakchisi Haydar Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi davomida ikki mamlakat o‘rtasida 19 ta hujjat imzolangan. 2004-yil Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirgan. Tashrif davomida davlatlar o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga doir deklaratsiya imzolangan. 2017—2022-yillar ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 29 mln dollardan 181,2 mln dollarga oshgan.

    24.08.2024, 20:35   Izoh (0)   5014
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ko‘ksaroyda Ozarbayjon prezidentini rasmiy kutib olish marosimi — suratlarda 

    23.08.2024, 12:53

    O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi

    23.08.2024, 15:12

    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini o‘tkazdi

    23.08.2024, 14:18

    Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha xodimlaridan bir guruhini mukofotladi 

    24.08.2024, 19:20

    Propiska tizimida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda? Deputat maʼlumot berdi  

    24.08.2024, 18:22

    Toshkent viloyatida ichimlik suviga noqonuniy ulangan firma rahbari 5 yilga qamaldi

    24.08.2024, 17:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32

    Ukraina armiyasiga 23 ming zirhli transport vositasi kerak — OAV

    Dunyo | 26 iyul, 22:13

    Gaz va elektr tokini behuda sarflaganlar javobgarlikka tortiladi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.