• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Propiska tizimida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda? Deputat maʼlumot berdi

    Viloyatda tug‘ilib, taqdir taqozosi bilan poytaxtga ishlash yoki yashash uchun kelgan ko‘plab fuqarolar propiska degan byurokratik to‘siqqa duch kelgan. Propiska bo‘lmasa, poytaxtda ishga joylashish, uy olish deyarli imkonsiz, hatto Toshkent ko‘chalarida sayr qilish ham xavfli edi. Endi bularning barchasiga chek qo‘yiladigan bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

     Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi va turar joyi bo‘yicha xabardor qilish tartibi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Ushbu hujjatda nazarda tutilgan o‘zgarishlar va yangiliklar haqida Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kozimjon Tojiyev maʼlumot berdi.

    Kozimjon Tojiyev mazkur qonun loyihasini jamoatchilik ijobiy qabul qilganini qayd etdi. Ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida nafaqat soha mutaxassislari, balki keng jamoatchilikning fikrini o‘rganish ham nazarda tutilgani aytildi. 

    “Kuni kecha qonunchilik palatasi yalpi majlisida aholi uchun juda muhim bo‘lgan masala — ro‘yxatdan o‘tish, fuqarolikni rasmiylashtirish masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual qo‘llab-quvvatlandi. Bir necha kundan beri juda katta muhokamalar bo‘lyapti. Umuman olganda, jamoatchilik uni ijobiy qabul qildi. Birinchi o‘qishda qabul qilingandan keyin Qonunchilik palatasi rasmiy veb-saytida ham qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydik. Umuman olganda, shu sohadagi yangi tartiblarni belgilaydigan, fuqarolar uchun yengillik beradigan qonun loyihasi yaratildi. Shu sababli, ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida nafaqat soha mutaxassislari, balki keng jamoatchilikning fikrini o‘rganish ham nazarda tutilgan”, deydi u.

    Qo‘mita raisi o‘rinbosari qonun loyihasining eng muhim jihatlarini ham sanab o‘tdi. 

    “Qonun loyihasining eng muhim jihatlarini aytadigan bo‘lsam, avvalo fuqarolikni rasmiylashtirish, ro‘yxatdan o‘tish tartibini belgilovchi yagona qonun loyihasi — yaʼni huquqiy hujjat bo‘lib qabul qilinyapti. Shu vaqtgacha bunday tartib qonunosti hujjatlari, nizomlar, qarorlar bilan belgilangan edi. Faqatgina Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun alohida propiska tizimi bor edi. Ko‘plab eʼtirozlar sababli bu qonun bekor qilinadi va yangi hujjat amaliyotga tatbiq etiladi. Bugungi kundagi tartib-qoidalarga ko‘ra, fuqaro vaqtinchalik yashash joyini o‘zgartirsa, ro‘yxatdan o‘tishi kerak edi. Yana bir jihati, agar fuqaro vaqtincha yashash joyida ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lsa, uni ro‘yxatga qo‘yadigan mulkdor, yaʼni uyning egasi ichki ishlar migratsiya bo‘limlariga murojaat qilardi.

    Yangi tartibga ko‘ra, agar yashash joyi o‘zgaradigan bo‘lsa, fuqaroning o‘zi bu haqda xabar beradigan bo‘ldi. Hozir manzil axborot tizimi, “E-mehmon” axborot tizimlari bor, shu bilan birgalikda, “E-xabar” berish axborot tizimi ham joriy etiladi.

    “E-xabar” tizimi joriy etilgach, yashash joyi o‘zgargani haqida quyidagi usullar bilan xabardor qilish mumkin:

    • onlayn tarzda;
    • ichki ishlar migratsiya bo‘limlariga borib;
    • hududiy profilaktika inspektorlari orqali;
    • davlat xizmatlari orqali.

    Agar inson yashash joyini o‘zgartirsa, qayergadir ish bilan borsa, amaldagi tartibga ko‘ra, o‘sha manzilda ro‘yxatdan o‘tishi kerak edi. Ro‘yxatga olish esa davlat organlari vakolatiga kiradi. Yaʼni, ro‘yxatdan o‘tish uchun ularning ruxsati talab etilardi. Ikkinchidan, bordi-yu mehmonga borsangiz, uy egasi ichki ishlar migratsiya bo‘limiga murojaat etishi lozim edi. Mezbonning murojaati asosida mehmon vaqtinchalik ro‘yxatga olinardi. Yangi tartib bo‘yicha xabardor qilish tizimi joriy etilmoqda. Qonun qabul qilingach, tartiblar ishlab chiqiladi, mobil ilovalar yaratiladi. Bunda fuqaro o‘zi mobil ilova orqali xabardor qilishi ham mumkin.

    Mana shu jihatlari bilan qonun loyihasi juda muhim. Fuqarolarga qator yengilliklar beradi — yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish va yashash joyi bo‘yicha vaqtincha xabardor qilish tizimi qonunning eng muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. Kelgusida ro‘yxatdan o‘tish tartiblari butun respublika bo‘yicha amal qiladigan yagona qoidaga asoslanadi”, deydi Kozimjon Tojiyev.

    Ikkinchi o‘qish jarayonida qonun loyihasi ekspertlar bilan birgalikda keng jamoatchilik takliflari asosida takomillashtiriladi. 

    “Biz ikkinchi o‘qish jarayonida qonun loyihasini ekspertlar bilan birgalikda keng jamoatchilik takliflari asosida takomillashtiramiz. Maqsadimiz — qonun amaliyotda to‘liq ishlashi, shu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish.

    Birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasi Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida muhokamadan o‘tkazilmoqda. Fuqarolar o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirsa, ikkinchi o‘qishda takomillashtirilgan, xalq uchun xizmat qiladigan samarali hujjat shakllanadi deb ishonamiz”, deydi u.

    24.08.2024, 18:22   Izoh (0)   9483
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda qarindosh bo‘lmaganlarni ularning roziligisiz “propiska”dan chiqarish mumkin bo‘ldi

    08.09.2022, 14:10

    Konstitutsiyaviy islohotlar xalq hayotini qanday o‘zgartiradi?

    21.10.2022, 13:28

    Toshkent shahri va viloyati uchun propiska tizimi bekor qilinadi

    08.05.2023, 23:32

    Toshkent viloyatida ichimlik suviga noqonuniy ulangan firma rahbari 5 yilga qamaldi

    24.08.2024, 17:57

    Sanʼatkorlardan o‘qituvchilargacha: Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida qator soha vakillarini mukofotladi

    24.08.2024, 15:32

    Zangiotada ro‘mol o‘rab, niqob taqib yurgan ayol ishi sudda ko‘rildi

    24.08.2024, 15:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.