“An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jazolanishi mumkin.
Saudiya Arabistoni Superkubogi finalida “An-Nassr” “Al-Hilol”ga qarshi bahs olib bordi va 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ar-Riyod klubi safida Ronaldu o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Krishtianu jamoadoshlariga qarata “uxlayotganlikda” ayblab, imo-ishora qildi. Lekin futbolchi bu harakati tufayli emas, ikkinchi o‘rin uchun beriladigan medalni taqishni rad etgani uchun jazolanishi mumkin.
Shu tariqa Ronaldu 20 ming riyal (4800 yevro) miqdorida jarima to‘laydi, deya xabar bermoqda Goal.
Portugaliyalik futbolchi 2023-yildan buyon “An-Nassr” sharafini himoya qilib kelmoqda. Hujumchi klub bilan birgalikda Arab Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan.
Izoh (0)