Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 19,80 so‘mga ko‘tarilib, 12 645,01 so‘m bo‘ldi. Yevro 75,46 so‘mga oshib, 14 057,46 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,76 so‘mga tushib, 137,66 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng ketma-ket ikki kun pastlab, 12 625,21 so‘m bo‘lgandi. Rubl ham tushib, yevro ko‘tarilgandi.
Izoh (0)