• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Yangi Dunyo tartiboti: xatarlar, muammolar va yechimlar

    Yangi Dunyo tartiboti o‘rnatilishida ikkita eng muhim asos - ilm va adolatga suyanib ish tutgan davlat yoki xalq, jahonda barcha jabhalarda eng zo‘r bo‘lganiga tarix guvoh. 

    Vatanimiz va xalqimiz Yangi Dunyo tartibotida O‘zbekiston va O‘zbekistonliklar nomini hamda suverenligini saqlab qolishi uchun, 19-asr 2-yarmi va 20-asr boshida qilingan xatolarni takrorlamasligi lozim. O’shanda, uchta xonlikning o’zaro adovati hamda butun xalqning ma’rifati, ya’ni zamonaviy bilim, kasb-malakalar va rivojlanish uchun yakdil bo’lmagani sabab, mustaqilligimizdan ayrilgandik.

    Ushbu ikki mash’um xatolarni takrorlamaslik uchun, millati, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, mamlakatimizdagi har bir shaxsning qadr-hurmati bir xil saqlanishi kerak.

    Foto: Google Images

    Yaqin yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan o’rnatilgan jami qo’shnilarimiz bilan teng-huquqli, strategik-do’stona va ittifoqchi munosabatlarimizni yanada mustahkamlab, tashqi yovuz kuchlarning qo’zg’amoqchi bo’lgan birorta ham fitna-nizosiga yo’l qo’ymasligimiz kerak. 100-160 yil oldin, ular bizni shu kabi nizolar yordamida bo’lib, keyin mustamlaka tarzida ustimizdan boshqaruvni o’rnatishgandi. 

    Shuning uchun, vatanimiz bizning har qachongidan ko’ra hozir bir tan, bir jon bo’lib rivojlanish yo’lida harakat qilishimizga  muhtoj. Dunyoga mashhur ajdodlarimiz Imom Buxoriyning ‘‘Najot - ilmda’’ va Amir Temurning “Kuch – adolatda” kabi  hikmatlarini davlatimiz va xalqimiz hayotimizning barcha jabhalarida dastur-ul amal qilib olsa, O‘zbekiston hech qachon o‘zligini yo‘qotmaydi.

    Bunga tarixdan misollar ko‘p. Iqtisodiy-ijtimoiy hayoti 2-Jahon urushida vayron bo‘lgan, qolarversa, Xirosima va Nagasaki shaharlari atom bombasi bilan yakson qilingan holatda, butun yapon xalqi ilmga asoslangan hayot tarziga o‘tgan. Ilm-innovatsiyaga xalq safarbar bo‘lgani uchun juda qisqa vaqt ichida iqtisodiy va ijtimoiy hayotda misli ko‘rilmagan Yapon mo‘jizasiga erishish bilan birga, yapon xalqi dunyodagi eng madaniyatli va intizomli xalqqa aylanib, dunyoda Buyuk Yettilik davlatlaridan biri bo‘lishga erishdi.      

    Islohotlardan oldin koreys xalqining sezilarli qismi savodsiz bo‘lgan bo‘lsada, bu xalqning ommaviy ilmga jalb qilinishi natijasida, Janubiy Koreya dunyodagi eng yuksak rivojlangan va farovon 20 ta davlatlardan biriga aylandi. 

    10-11 asr oldin, hozirgi dunyo rivojlanishi uchun tamal toshini qo‘ygan, o‘z davrida “Oltin asr”ni qurgan Al-Xorazmiy,  Ibn Sino, Forobiy, Beruniy va Farg’oniy kabi ko‘plab ajdodlarimiz dunyoda Birinchi Renessansga sababchi bo‘lishgan. Yevropadagi Uyg’onish davridan oldin Temuriylar davlatida Ikkinchi Renessans joriy qilinganiga tarix guvoh. 
    Prezidentimiz 4 yil oldin tashabbus qilgan Uchinchi Renessans uchun xalqimizning irsiy va ilmiy-merosiy haqqi bor. Shuning uchun, O‘zbekiston xalqi bir tan bir jon bo‘lib, Renessans ustozlari bo‘lmish ajdodlarimizga ergashib, ilm-ma’rifatda innovatsiyalar qilishi lozim. Birinchi Renessansdan oldin, buyuk ajdodlarimiz o‘z davrining xalqaro fan, ta’lim, muloqot va tadbirkorlik tili bo‘lgan arab tilini o‘rganib, shu til vositasida inqilobiy innovatsiyalar qilishgan.  

    Shu kabi, hozirgi kunda, xalqimiz, ayniqsa 40 yoshgacha bo‘lgan yoshlarimiz, bilim va ma’lumotlarning 85-90 foizi jamlangan xalqaro fan, yuksak texnologiya, raqamlashtirish, innovatsiyalar, biznes va muloqot tili bo‘lgan ingliz tilini o‘rganishi lozim. Chunki, tarjima bilan ilm o‘rganilsa, vaqt va zamonda orqada qolishlik hammaga ma’lum haqiqatdir. Hozirda fan, texnologiya va innovatsiyalar rivojlangan Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy xalqlari ham ingliz tilini o‘rganib, barcha sohalarda rivojlanishga erishyapti.

    Shulardan kelib chiqqan holda, 3-Renessans uchun yo‘l xaritalari bo‘lgan va amaliy isbotga ega quyidagi 7ta takliflarni bildirib o‘tmoqchiman: 

    1) Ishga muhtojlarni smart kasblar, innovatsion va yuksak texnologik hayotiy yondashuvlarini yaratish maqsadida xayrixoh xalqimiz uchun xalqaro fan-talim, yuksak texnologiya-innovasiyalar va biznes-muloqot tili va vositasi ingliz tilini “Noldan B2 (kompetent) darajada xalqaro sertifikat bilimiga o‘ttiz kunda jiddiy tarzda yoki juda oddiy holda 60-90 kunda shartli-kafolatli o‘z uylarida qulay o‘rgatishni ta’minlash. 

    2) Doimo yangilanib, boyitilib boradigan yuqori texnologik-innovasion smart kasblarni xalqqa onlayn nazariy inglizchada o‘rgatish va joylarda ayniqsa monomarkazlarda yetuk professional ekspertlar tomonidan amaliy o‘zlashtirishlarini taminlash va xalqaro smart kasblar sertifikatlarini taqdim qilish. 

    3) Kanada, Avstraliya va Yaponiya kabi o‘ttizdan ortiq yuksak rivojlangan Yevropa, Janubiy va Sharqiy Osiyo davlatlarida Xalqaro til va smart kasblar ga sertifikatli xalqimiz vakillarini tayyorlab, ularni biribchidan, tajriba almashish, ikkinchidan oilasiga, davlatimizga daromad va tajriba olib kelish uchun  yetuk va qadrli kadrlar sifatida yuborish.

    4) Statistika bo‘yicha O‘zbekiston aholisining 80 foizi hovli-joyda yashashini hisobga olgan holda, xalqaro til va smart kasb sertifikat bilimlariga xalqimiz vakillarini tayyorlab, o‘z uy-joylarida innovatsion-yuksak texnologik bilim va yondashuvga asoslangan hayot tarzini va  tadbirkorlikni  joriy qilgan holda, kichik va o‘rta biznes-iqtisodiyot lokomotivini  yaratish va Yalpi milliy mahsulot hajmini bir necha martaga oshirish. 

    5) Xalq ta’limida 8,9,10 va 11-sinflar o‘quvchi va ustozlariga “Xorijiy tilni noldan B2 (kompetent) darajada rekord qisqa vaqtda o‘zlashtirish” larini taminlab, har bir maktabda Prezident maktabi andozasidagi Steam yoki Stem xalqaro tan olingan maktab talimini joriy qilish. Bunda: Sanoqli Prezident maktablaridagi sanoqli o‘quvchilarimiz uchun haddan tashqari yuqori xarajatlar sarflansa, bu islohot natijasida, deyarli hech qancha xarajat natijasida oltin genofondimiz-to‘laqonli oltin boshlarimiz kelajagimiz uchun yengilmas kuch bo‘lib, tayyorlanadi. 

    6) Oliy talimdagi talabalarimiz va o‘qituvchilarga “Xorijiy tilni noldan B2 (kompetent) darajada” va zarur bo‘lganda “B2 dan C1 yoki C2 darajada” o‘zlashtirishlarini shartli-kafolatli ta’minlab, oliy ta’limdagi  talabga umuman javob bermaydigan qoloq o‘quv dasturidan voz kechib, Yuksak rivojlangan dunyoning top o‘ntalik universitetlari o‘quv dasturlarini asl tilida joriy qilish. 

    7) Global Janub, Global Shimol, Global Sharq va Global G‘arbni bog‘lovchi zo‘r geostrategik manzilimizdan foydalanib, Oltin ko‘prik vazifasidagi “Innovasion-yuksak texnologik oliy ta’lim xabi“ni O‘zbekistonda tashkil qilish uchun “Xorijiy tillarni noldan B2 ga o‘ttiz kunda” va  “B2 dan C2 ga  xorijiy tilni bir necha oyda  o‘zlashtirish”ni  shartli-kafolatli ta’minlagan holda, dunyoning top o‘ntalik universitet filiallarini o‘zimizda ochishimiz va Markaziy Osiyo va butun dunyo talabalarini O‘zbekistonga jalb qilishimiz kerak. Hozirgi zamon fan – texnikasi tamal toshini qo‘ygan o’z davrining Fanlar Akademiyasi bo’lmish Baytul Hikmaning rahbari va o‘rinbosari bo‘lgan ajdodlarimiz singari Prezidentimiz 2020-yil mustaqillik kunida  olg‘a surgan 3- Renessans  uchun, bizda ham irsiy va ham ilmiy-merosiy huquqimiz bor.

    Abdulaziz Hojiyev, Tilshunos, ingliz-nemis tillari mutaxassisi

    20.08.2024, 21:27   Izoh (0)   6381
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    DXX Toshkent va Jizzax viloyatlarida hokim yordamchilarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘ydi

    20.08.2024, 20:37

    Hindiston va O‘zbekistonni bog‘lovchi yangi multimodal yo‘nalishda konteyner tashuvlari yo‘lga qo‘yildi

    20.08.2024, 20:03

    Endilikda aholi va tadbirkorlarga majburiyat yuklaydigan hujjatlar yozilishidan oldin baholanadi 

    20.08.2024, 19:40

    Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi “Oqqush” majmuasida tashkil etilgan o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi 

    20.08.2024, 19:26

    Raqobatli bozor, yer, soliq, kredit va energetika. Prezident tadbirkorlar bilan uchrashuvda nimalar haqida gapirdi?

    20.08.2024, 19:18

    Yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda aholi jon boshiga hisoblangan YIM qanchani tashkil etgani ma’lum qilindi

    20.08.2024, 18:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Boks. O‘zbekistonlik sportchilar Tailanddagi turnirda tengsiz bo‘ldi

    Sport | 2 iyun, 08:35

    Qozog‘istonda ota va o‘g‘il yashin urishi oqibatida vafot etdi

    Qozog‘iston | 2 iyun, 08:29

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.