• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot Biznes

    Raqobatli bozor, yer, soliq, kredit va energetika. Prezident tadbirkorlar bilan uchrashuvda nimalar haqida gapirdi?

    20-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida 300 ga yaqin tadbirkor va investorlar bilan uchrashdi. Muloqotda tadbirkorlik uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish masalasida qator yangiliklar aytildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ichki bozorda teng raqobat bo‘ladi

    “Ertangi kunimiz bu — teng raqobat muhiti va eksportga qaratilgan sanoat va savdo siyosati. Iqtisodiyotimizga oldinlari proteksiya qaysidir maʼnoda kerak edi. Yana shu yo‘lda davom etsak, imkoniyatlarimiz cheklanib qoladi. Chunki, xalqaro ishlab chiqarish zanjirlariga kirmasak, iqtisodiy o‘sish biz kutgandek bo‘lmaydi”, dedi prezident.

    Muloqotda ikki oy oldin alohida farmon bilan metallurgiya, kimyo, energetika va telekommunikatsiya tarmog‘ida eksklyuziv huquqlar bekor qilingani aytildi. Shu bilan birga, korporativ xaridlarda ishlab chiqarish uchun olinadigan mahsulotlarga ham narx ustuvorligi bekor qilinishi qayd etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Prezident bundan buyon hech kimda alohida huquq bo‘lmasligi, xoh davlat strategik korxonasi, xoh xususiy korxona yoki xorijiy investor bo‘lsin, iqtisodiyotda barcha teng sharoitda ishlashini aytdi.

    Yig‘ilishda so‘nggi ikki yilda bozorga kirishdagi 13 ta eksklyuziv huquq bekor qilingani, yaqinda yana 7 tasi bekor bo‘lishi maʼlum qilindi. Bu orqali 1,5 mingdan ortiq tadbirkorlar uchun bozorga kirish imkoniyati yaratilishi taʼkidlandi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Endi banklar yirik davlat korxonalariga kamroq, xususiy biznesga ko‘proq kredit beradi

    Uchrashuvda davlat banklari bergan kreditning 92 trillion so‘mi (30 foizi) 10 ta yirik davlat korxonasiga to‘g‘ri kelishi tanqid ostiga olingan. Yirik korxonalar transformatsiya qilinayotgani, ular moliya bozorlariga mustaqil chiqib, o‘zi mablag‘ jalb qilishga o‘rgatilayotgani aytilgan.

    “Shu sababli, endi davlat jalb qilgan mablag‘larni yirik korxonalarga berish amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechiladi. Bunday mablag‘larni berish ikki yil ichida kamida 40 foizga qisqaradi. Banklar buning hisobidan kamida 30 trillion so‘mni xususiy biznesga yo‘naltiradi”, degan prezident.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Banklarga islom moliyasi uchun yo‘l ochiladi

    Muloqotda O‘zbekistonda o‘tkazilgan so‘rovda tadbirkorlarning 38 foizi islom moliyasi asosida resurs olish istagini bildirgani ochiqlandi. O‘tgan oyda mikromoliya tashkilotlariga islomiy shartlar asosida xizmat ko‘rsatishga ruxsat berilgani eslatildi.

    Shu bilan birga, banklarga islom moliyasi bilan ishlashga imkon beruvchi yangi qonun loyihasi tayyorlangani aytildi. Hujjat qabul qilinsa, islom moliyasi bilan banklar ham ishlashi mumkin bo‘ladi. Bu yangi moliyaviy xizmatlar taqdim etilishi, ko‘p investorlar kirib kelishi va 5 milliard dollarlik qo‘shimcha resurs paydo bo‘lishiga turtki beradi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mikrokredit miqdori oshiriladi

    Muloqotda 100 million so‘mgacha mikrokredit bor-yo‘g‘i 9 foiz tadbirkorlar ehtiyoji uchun yetarli ekani o‘rtaga tashlandi.

    Endilikada banklar tomonidan beriladigan mikrokreditlar miqdori uch karra oshirilib, 300 million so‘mga yetkazilishi maʼlum qilindi. Bunda kreditning 100 million so‘mgacha bo‘lgan qismiga garov talab etilmaydi. Mazkur yo‘nalishdagi kreditlar uchun yiliga 10 trillion so‘m ajratiladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tadbirkorga yer sotib olish osonlashtiriladi

    Endilikda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblash bekor qilinadi.

    Toshkent shahri va viloyat markazlarida sotilgan yer bo‘yicha xarid summasini uch yilgacha, qolgan hududlarda besh yilgacha, 4 va 5-toifa tumanlar uchun esa o‘n yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi. Tadbirkorlar darhol to‘lov qilaman desa, ularga 20 foizgacha chegirma beriladi.

    Shuningdek, yirik loyihalarda yer qiymatini tadbirkor ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritishi mumkin bo‘ladi. Tadbirkor istagan paytda bu ulushni o‘zi sotib olishi mumkin. Bu orqali shu yilning o‘zida tadbirkorlar ixtiyorida 3 trillion so‘m qoladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qurilish davrida yer solig‘iga imtiyoz

    Endi yangi yerlarni ajratishda binolarni loyihalashdan obyektni topshirishgacha bo‘lgan muddatlar majburiy ko‘rsatiladi. Bunda qurilish davriga yer solig‘i bo‘yicha 50 foiz imtiyoz beriladi (viloyat markazlaridan tashqari).

    Qurilishga ruxsat olish muddati davlat organi aybi bilan o‘tkazib yuborilsa, qurilish vaqti shu muddatga uzaytirib beriladi. Muddatida bo‘lmasa, yer sud orqali qaytarib olinadi yoki boshqa tadbirkorga sotiladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Elektr va gaz to‘lovida yengillik

    Muloqotda sanoat korxonalari elektr va gazga o‘rnatilgan limit oshib ketsa, to‘lov ikki karra ko‘p undirilayotganidan norozi bo‘layotgani aytilgan.

    “Endilikda elektr va gaz isteʼmoli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi. Agar isteʼmol 20 foizdan o‘tib ketsa, oshgan qismiga to‘lov 20 foiz qimmatlashadi”, dedi davlat rahbari.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tadbirkorlik reytingida “yuqori”, “o‘rta” toifadagi korxonalarga elektr uchun oldindan to‘lovni bir oyda ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

    Byudjetdan, kreditdan va boshqalardan qarzi bor tadbirkorlarni hisob raqamiga “inkasso” qo‘yilgani uchun, ular elektr, gaz va suvga to‘lov qila olmayapti. Vaholanki, ishlab chiqarish to‘xtamasa, qarzdorlik tezroq uziladi. Endi “inkasso” bo‘lganda ham, kommunal xizmatlarga to‘lovlar to‘xtatilmaydi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xususiy sektor energetika sohasiga kiradi

    Yig‘ilishda prezident hududiy elektr tarmoqlarining boshqaruvini xususiy sektorga berishda amaliy bosqich boshlanishini maʼlum qildi. Xususan, oktabrda Samarqand viloyatidagi elektr tarmoqlariga xususiy operator jalb qilish bo‘yicha tender eʼlon qilinadi. Kelgusi yil Jizzax va Sirdaryoda ham xuddi shunday ishlar amalga oshiriladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mikromoliya banklari ochishga imkon beriladi

    O‘zbekistonda ustav kapitali kamida 50 milliard so‘m bo‘lgan mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat beriladi. Bunday banklar kredit portfelining kamida 70 foizi kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

    Mikromoliya tashkilotlari tomonidan tadbirkorlarga xorijiy valyutada xizmat ko‘rsatish va litsenziya asosida to‘lov tashkiloti sifatida faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Sunʼiy intellekt va startaplar

    IT parkda sunʼiy intellekt markazi ochiladi. Bu yo‘nalishda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Loyihalarni moliyalashtirish uchun 50 million dollar ajratiladi.

    Startaplarni “oyoqqa turg‘azish” uchun venchur jamg‘armalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun IT park ham 10 million dollarlik jamg‘arma tashkil qiladi. Shuningdek, startap xorijdan olib kelgan har 1 dollar investitsiyasiga davlat ham 1 dollar resurs beradi. Startap ishlanmalarini patentlash va savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish kabi xarajatlarni davlat qoplab beradi. Umuman olganda, bu sohaga 50 million dollar yo‘naltiriladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mahalliylashtirish kuchaytiriladi

    Kimyo, metallurgiya korxonalari, nasos stansiyalari va GESlar, to‘qimachilik va tibbiyotda ham bunday xizmatlarga talab katta. Shu bois, bir yil ichida 3 ming nafar mahalliy mutaxassis Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Turkiyadagi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga malaka oshirishga yuboriladi. Ularning xarajatlarini davlat qoplab beradi.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yirik korxonalarga servis ko‘rsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish dasturini ishlab chiqish topshirildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Restoran va kafelarga imtiyozlar

    2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi. Bunda oylik aylanmasining 60 foizini naqd pulsiz amalga oshirgan korxonalarga QQSning 40 foizi to‘langan zahoti qaytariladi. Agar naqd pulsiz aylanma 60 foizdan kam bo‘lsa, keshbek 20 foiz bo‘ladi.

    QQS to‘lashga o‘tgan restoran va kafelarga foyda solig‘i ikki karra kamayadi. 1-dekabrdan bu korxonalar naqd pulga sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Ularga bahor va yoz mavsumida o‘zlariga tutash maydonlarda stol-stul va soyabon qo‘yib ishlashga ruxsat beriladi.

    Restoran va kafelar ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan mehnat shartnomasini tuzishi mumkin bo‘ladi. Xuddi shu kabi 1-oktyabrdan mehmonxona va turoperatorlarga ham to‘langan QQSning 20 foizi “keshbek” qilib beriladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tadbirkorni javobgarlikka tortish liberallashtiriladi

    Tadbirkor to‘lamagan soliq 100 million so‘mdan oshsa, u jinoyatchi bo‘lib qolmoqda. Shu bois, prezident soliq to‘lamaganlik uchun tadbirkorga jinoyat ishi qo‘zg‘atishga asos bo‘ladigan miqdorni ikki baravargacha oshirishni taklif qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Garov masalasida yengillik

    Kredit vaqtida qaytmasa, garovga qo‘yilgan mulk shartnoma tuzilgan paytdagi qiymatida sotuvga chiqariladi. 3–4-yil oldin kredit olinganda 100 million so‘mga baholangan mulkning bugungi narxi 30–40 foiz qimmatlashsa, uni qanday qilib eski qiymatida sotish mumkin, deya savol qo‘ydi prezident.

    “To‘g‘ri, muammoli kredit bilan qattiq shug‘ullanish kerak, lekin bu tadbirkorni “tugatish” hisobidan bo‘lmasligi zarur”, dedi davlat rahbari.

    Endilikda garovdagi mulkni savdoga chiqarishdan oldin uning hozirgi bozor qiymati aniqlanadigan, qaytmagan qarzdorlik garov qiymatining 15 foizidan kam bo‘lsa, undiruv mulkka qaratilmaydigan tizim yaratiladi. Bank mijoziga qarzni boshqa manba hisobidan qoplashga imkon beradi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yer pullari “snos” kompensatsiyasiga yo‘naltiriladi

    Muloqotda ko‘chmas mulk buzilishi bo‘yicha kompensatsiya to‘lashda haligacha muammolar borligi taʼkidlandi. Hozirda ushbu xarajatlar viloyat byudjeti hisobidan qoplanayotgani aytildi. Lekin ayrim viloyatlar byudjetida mablag‘ kam qolayotgani uchun tadbirkorning pulini qoplab berish 5–6 yilga cho‘zilib ketmoqda.

    Endilikda yer savdosidan tushgan mablag‘lar avvalo, buzilishlar bo‘yicha tadbirkorlardan qarzni so‘ndirishga qaratiladi.

    20.08.2024, 19:18   Izoh (0)   14216
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ilgari tinimsiz ‘tekshir-tekshirlar’ sabab 60 foiz yangi tadbirkor faoliyati bir yildayoq to‘xtab qolardi” — Shavkat Mirziyoyev 

    20.08.2024, 12:28

    O‘zbekistonda islom moliyasi bilan banklar ham ishlashi mumkin bo‘ladi 

    20.08.2024, 13:33

    O‘zbekistonda mikromoliya banklari ochishga ruxsat beriladi 

    20.08.2024, 13:59

    “Elektr va gaz isteʼmoli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi” — prezident 

    20.08.2024, 14:12

    O‘zbekistonda hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvini xususiy sektorga berish boshlanadi 

    20.08.2024, 15:19

    Restoran va kafelarga QQSning 40 foizgacha qismi keshbek sifatida qaytarib beriladi 

    20.08.2024, 15:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Muhammad Saloh APLning joriy mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

    Sport | 24 may, 20:21

    Andijonda 20 sotix yerni 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 24 may, 20:10

    Nega to‘satdan fastfud va shirinliklarga kuchli ishtiyoq paydo bo‘ladi?

    Ayollar sahifasi | 24 may, 19:50

    Respublika bo‘ylab bir kunda o‘quvchilar tomonidan avtomobil boshqarish bilan bog‘liq 256 ta holat aniqlandi

    O‘zbekiston | 24 may, 19:10

    Atir va dezodorantlarning kutilmagan zarari aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 19:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.