Yaqindagina jarohatidan tuzalib safga qaytgan O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi darvozaboni Ravshan Eliboyev Fransiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
-3oE8JOs6.jpg)
“Tekshiruv natijalari uning barmog‘i singanini va ma’lum muddatga safdan chiqqanini ko‘rsatdi.
Afsuski, futzalchimiz yaqinlashib kelayotgan FIFA Futzal Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi maʼlum bo‘ldi.
Ravshanning tezroq sog‘ayishini tilab, uni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq Davron Choriyev ham Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, musobaqalar 14-sentyabrdan 6-oktyabrgacha Toshkent, Andijon va Buxoro viloyatlarida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)