O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 9—16-avgust kunlari Portugaliyada yig‘in o‘tkazadi.
Xose Venansio Lopes jamoasi 11 va 15-avgustda Jahon chempionati ishtirokchisi Angolaga qarshi, 16-avgustda esa amaldagi jahon chempioni Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuvlar ro‘yxati:
11-avgust. O’zbekiston — Angola;
15-avgust. O’zbekiston — Angola;
16-avgust. Portugaliya — O’zbekiston.
O‘zbekiston futzal jamoasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan Mirabror Usmonov kubogi xotira turniri finalida Gvatemala ustidan g‘alaba qozonib bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
Futzal bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston mezbon hisoblanadi. A guruhidan o‘rin olgan Xose Venansio Lopes shogirdlari birinchi o‘yinni 14-sentyabr kuni Niderlandiyaga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)