• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Afg'oniston

    3 yil o‘tib: “Tolibon” o‘z va’dasini bajardimi?

    Afg‘onistonda “Tolibon”hokimiyatining uch yilligi nishonlanayotgan bir paytda mamlakat hali ham iqtisodiy muammolar, gumanitar inqirozlar va xalqaro o‘zgaruvchan o‘sishni boshidan kechirmoqda. Aslida “Tolibon” mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish va qishloq xo‘jaligidagi muvaffaqiyatlari bilan maqtansa-da, ekspertlar va afg‘on fuqarolari jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmagan rejim ostida hali ham o‘z o‘rnini topishga qiynalayotgan yurtni e’tirof etmoqda.

    Foto: AFP

    Iqtisodiy o‘sishmi yoki statistik manipulyatsiya?

    “Tolibon” 2024-yilda yalpi ichki mahsulotning 2,7 foizga oshganini, shu bilan birga, qishloq xo‘jaliga ham sezilarli o‘sish amalga oshganligini e’lon qilgan edi. Taqdim etilgan statistik maʼlumotlarga ko‘ra, bug‘doy yetishtirish 13,2 foizga, paxta yetishtirish esa 68,9 foizga oshgan. Biroq ekspertlar ushbu raqamlarga shubha bilan qaramoqda. “Ilm karvoni” tahliliy markazi direktori Farhod Tolipov raqamlarning nimaga asoslanligi haqida o‘z fikrini bildirdi:

    “Tolibon” tomonidan yalpi ichki mahsulotning o‘sishi haqidagi maʼlumotlar bor-yo‘g‘i umumiy makrostatistik maʼlumotlar, xolos. Bu raqamlar nimaga asoslanganligi noma’lum. Xalqaro cheklovlar va muzlatilgan moliyaviy aktivlarni hisobga oladigan bo‘lsak, iqtisodiy o‘sish qanday sodir bo‘lishi mumkin?

    Tolipov “Tolibon”ning moliyaviy manbalardan foydalanish imkoniyati cheklangani haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

    Bu mulohazalarni xalqaro tashkilotlar va Afg‘oniston hukumatida katta tajribaga ega sobiq afg‘on hukumati amaldori doktor Najibulla Vardak ham tasdiqlagan.

    Haqiqat “Tolibon” ta’riflaganidan yiroq. Agar gap yalpi ichki mahsulotning 2,7 foizga o‘sishi haqida ketayotgan bo‘lsa, bu shunchaki kulgili raqam boshqa narsa emas. To‘g‘ri, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish o‘sdi, lekin bu ayniqsa, savdo taqchilligi kengayib, odamlarning xarid qobiliyati sezilarli darajada kamaygan vaziyatda yalpi ichki mahsulotning yuqori o‘sishi sur’atini anglatmaydi, deydi Vardak.

    Vardak bunga qo‘shimcha ravishda mamlakatning iqtisodiy ahvoli yil sayin yomonlashayotganini ham ta’kidlab o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, import darajasi oshgan, ammo eksport miqdori pasaygan, buning natijasida savdo taqchilligi ko‘tarilmoqda. Shuningdek, afg‘onlar orasida xarid qobiliyati taqchilligi sababli 8 foizlik deflyatsiya kuzatilmoqda.

    Aholi oddiygina tovarlar sotib olishga qurbi yetmaydi, bu esa gullab-yashnayotgan iqtisodiyot emas, balki muvaffaqiyatsizlik belgisidir, deydi u.

    Vardak “Tolibon”nazoratga da’vo qilsa-da, vaziyat barqarorligicha qolayotganini ta’kidlaydi. “Tolibonning Afg‘oniston ustidan nazorati mutlaq emas. So‘nggi yigirma yil davomida “Tolibon”kurashining bir qismi bo‘lgan 24 ta guruh hali ham mavjud va bu guruhlar hozirgi rejimga to‘liq qo‘shilmagan. Bu nafaqat Afg‘oniston, balki butun mintaqa uchun jiddiy xavf ekanligini anglatadi.

    Gumanitar inqiroz: faqat raqamlarda emas

    “Tolibon” iqtisodiy statistikani oldinga sursa-da, oddiy aholi orasidagi vaziyat boshqa narsani hikoya qilmoqda. Afg‘oniston aholisining yarmi insonparvarlik yordamiga muhtoj, uchdan bir qismidan ko‘prog‘i esa oziq-ovqat ta’minotidan mahrum, deya xabar beradi Mercy Corps.

    Kobulda faoliyat yurituvchi afg‘on tadbirkori Vais Qays xalqga yaxshi sharoitni ta’minlash Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi sektori uchun muhimligini aytadi:

    Agrosektor Afg‘onistonning zaif qatlamiga daromad keltiruvchi asosiy elementlardan biridir. Ammo buning uchun xalqaro yordam dasturlari ijtimoiy zaif qatlamlarga qaratilishi va qishloq xo‘jaligini qayta tiklash uchun zarur resurslar bilan ta’minlashi kerak.

    Qays ichki iste’molga ham, eksportga ham strategik e’tibor qaratish zarurligini qayd etgan.

    To‘g‘ri, ichki iste’mol muhim, ammo eksport ham birdek muhim ahamiyatga ega. Xalqaro bozordagi ekinlar savdosi mamlakatga juda katta daromad keltirishi mumkin. Ammo buning amalga oshishi uchun Afg‘oniston infratuzilmasini yaxshilashga eʼtibor qaratilishi va hukumatning eksport, import va tranzit to‘lovlari bo‘yicha siyosatini qayta ko‘rib chiqishi kerak, deydi u.

    Qays, shuningdek, yaqinda “Tolibon”ning hokimiyatga qaytishi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram paytida Kobuldagi holat haqida fikr yuritgan:

    “Kecha Kobul bo‘ylab bayramlar bo‘lib o‘tdi va odamlar ularni ko‘rib, ma’lum darajada quvondi. Ammo odamlar bu turdagi bayramlardan to‘ygan. Ular oziq-ovqatga muhtoj. Bu siyosiy bayramlar Afg‘onistonda anchadan buyon o‘tkaziladi, lekin odamlar haqiqatan ham ko‘rishni istagan narsa bayramlar emas, kelgusidagi o‘zgarishlardir.
    Foto: Reuters

    Ayollar huquqlari: dahshatli haqiqat

    Ehtimol, “Tolibon”hokimiyatga qaytganidan beri eng muhim va halokatli o‘zgarishlardan biri – bu ayollar huquqlaridagi regressiya bo‘lgandir. “Tolibon”hukmronligi ostida ayollar muntazam ravishda ta’lim olish, ishlash va siyosatda ishtirok etish huquqlaridan mahrum qilingan. “Tolibon” barcha uchun mo‘tadil pozitsiyani va’da qilganiga qaramay, aslida haqiqat butunlay boshqacha bo‘ldi.

    Foto: CNN

    BMTning Afg‘onistondagi Ayollar vakolatxonasi rahbari Alison Davidian “Tolibon”hukmronligida ayollar huquqlari tahqirlanayotganligini aytib, vaziyatni afg‘on ayollari prezidentlikka nomzod bo‘lishi mumkin bo‘lgan uch yil oldingi holat bilan solishtirgan. Kobuldan so‘zlagan Davidian Afg‘onistonda hozirda siyosiy taʼsirga ega bo‘lgan rahbarlik lavozimida hech qanday ayol yo‘qligini va “Tolibon” tuzilmalariga birinchi navbatda ayollarga nisbatan kamsituvchi farmonlarni amalga oshirish vazifasi yuklanganini qo‘shimcha qilgan.

    Uning ogohlantirishicha, “Tolibon”ning ayollar va qizlarga qo‘ygan cheklovlari davomiy muammolarga olib keladi. Prognozlarga ko‘ra, 2026-yilga borib 1,1 million nafar qizning maktabdan, 100 ming nafar ayolning universitetdan chetlashtirilishi erta tug‘ilishning 45 foizga, onalar o‘limining 50 foizgacha ko‘payishiga olib keladi. Davidianning ta’kidlashicha, jahon hamjamiyati afg‘on ayollariga e’tiborsiz bo‘lmasligi kerak, chunki ularning ahvoli ayollar huquqlari uchun kurashishga eslatmadir.

    Farhod Tolipovning fikriga qaraganda, “Tolibon” harakatining ayollar huquqlari borasida bergan vaʼdalarini bajarmagani ushbu rejimning xalqaro miqyosda tan olinmasligiga asosiy sababdir.

    “Tolibon” hokimiyatga kelganida bergan va’dalaridan biri ayollarning ishlashi va qizlarning maktabga kirishiga ruxsat berish edi. Bu va’dalarning hech biri amalga oshmadi. Bu esa xalqaro hamjamiyat “Tolibon”rejimini tan olmaganining asosiy sabablaridan biri bo‘lsa kerak.

    Vardak hali ham faol bo‘lgan jiddiy cheklovlarni tan olib, mavjud vaziyatni shunday yoritdi. “Ayollar uchun vaziyat juda ham ayanchli - juda ko‘p cheklovlar mavjud. Biroq shuni ta’kidlash kerakki, ayollar sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi ba’zi sohalarda, xususan, qishloq joylarda hamon mehnat qilmoqda. Qizlar maktabda 6-sinfgacha o‘qishi mumkin, hattoki ayollar tomonidan boshqariladigan kichik korxonalar va ko‘rgazmalar ham yo‘q emas.

    Geosiyosiy muammolar va mintaqaviy munosabatlar

    “Tolibon” hukmronligining geosiyosiy oqibatlari Afg‘oniston chegaralaridan tashqariga, mintaqaviy barqarorlik va xalqaro munosabatlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Tolipovning ta’kidlashicha, Afg‘oniston tarixan geosiyosiy kurashlar markazi bo‘lib, ko‘pincha “imperiyalar qabristoni” deb ham ataladi. Biroq hozirgi sharoit bu tushunchaning aksini ko‘rsatmoqda.

    Afg‘oniston hozir qaysi buyuk davlatlarning diqqat markazida turibdi? Agar bu juda muhim bo‘lsa, nega tinchlikparvar qo‘shinlar uch yil oldin chiqib ketishdi? Bu AQSH uchun muhim emasmi?, deydi ekspert.

    Tolipov shuningdek, “Tolibon”nazorati haqida aniq ma’lumot yo‘qligini ta’kidlaydi. Xususan, harakat tomonidan butun hudud nazorat qilinayotgani yoki hamon ekstremistik guruhlarning faoliyati davom etayotgani javob talab qiladigan muhim savollardir.

    Oldinga yo‘l: tan olish va jalb qilish

    Xalqaro hamjamiyat oxir-oqibat “Tolibon”ni tan oladimi, degan savol munozaraligicha qolmoqda. Tolipovning fikriga ko‘ra, bu harakatning o‘z va’dalarini bajarishi, jumladan, inklyuziv hukumat yaratish va ayol-qizlar huquqlarini ta’minlashdan boshlanadi.

    Ushbu va’dalarning hech biri amalga oshmadi. Bu, ehtimol, xalqaro hamjamiyat “Tolibon”rejimini tan olmaganining sabablaridan biridir, deydi Tolipov.

    “Tolibon” yuritayotgan siyosat sababli Afg‘oniston BMT Bosh Assambleyasining sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan 79-sessiyasida ishtirok eta olmaydi. Harakatning Qatardagi siyosiy byurosi rahbari Suhayl Shohin ushbu chetlatilishga norozilik bildirib, buni adolatsizlik deb atagan. U Afg‘oniston o‘rnini Afg‘oniston Islom Amirligiga topshirishni talab qilgan. BMT maxsus qo‘mitasining dekabr oyidagi “Tolibon” hukumatini tan olishni kechiktirish haqidagi qarori Kobul tomonidan keskin tanqidga uchragan.

    O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov 17-avgust kuni Kobulga tashrifi chog‘ida Afg‘oniston Bosh vaziri v.b. Abdul G‘ani Baradar va boshqa muhim rasmiylar bilan oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazdi. Muloqotda do‘stlik, hamkorlik va qo‘shnichilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

    Afg‘oniston hukumati bilan birinchilardan bo‘lib konstruktiv muloqot o‘rnatgan O‘zbekiston Afg‘onistonni Markaziy Osiyo kelajagining hal qiluvchi qismi deb biladi. Muhokamalarda savdo aloqalarini kengaytirish, energetika, tog‘-kon sanoati va qishloq xo‘jaligida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, 2024-yilga borib tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga va yaqin kelajakda esa 3 milliard dollarga yetkazish rejalari muhokama qilindi.

    Afg‘onistonda “Tolibon” hukmronligining uch yilligi nishonlanar ekan, mamlakatning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Iqtisodiy beqarorlik va gumanitar inqirozlardan tortib, geosiyosiy taranglik va xalqaro tan olish masalasigacha bo‘lgan muammolar hanuz mavjudligicha qolmoqda.

    Biroq Vardak ta’kidlab o‘tganidek, “Agar aniq choralar ko‘rilmasa, vaziyat tobora yomonlashib boraveradi. Mamlakatning qayta tiklanishi, afg‘on hukumati va xalqaro hamjamiyatning birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab qiladi”.

    19.08.2024, 20:59   Izoh (0)   9061
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afg‘onistonda 18 yildan so‘ng to‘qimachilik fabrikasi faoliyati tiklandi 

    06.08.2024, 19:00

    Afg‘oniston BMTning navbatdagi sessiyasida ishtirok eta olmaydi  

    13.08.2024, 20:40

    O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Afg‘onistonga tashrif buyurdi 

    17.08.2024, 13:46

    “Afg‘oniston tadbirkorlari barcha soliqlardan ozod etiladi” — Laziz Qudratov ikki davlat o‘rtasida erishilgan kelishuvlar haqida

    19.08.2024, 20:20

    “Biz ‘Tolibon’dan minnatdormiz”. Afg‘onistonning yangi hukumati qanday ishlarni amalga oshirmoqda? 

    16.08.2024, 22:13

    “Tolibon” Afg‘onistonning G‘arbdagi elchixonalarini tan olishdan bosh tortdi 

    30.07.2024, 20:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.