• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Madaniyat Musiqa

    “Uyimni sotib bo‘lsa ham beraman” — Ozodbek Nazarbekov “Ovoz” loyihasiga sarflangan 2 mlrd so‘m uchun malomat qilmaslikni so‘radi

    Bugun, 16-avgust kuni AOKAda Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida vazir Ozodbek Nazarbekov jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lgan “Ovoz” ko‘ngilochar vokal iste’dodlari musiqiy loyihasiga to‘xtalib o‘tdi.

    Ozodbek Nazarbekov
    Foto: AOKA

    “Ovoz” (The voice of Uzbekistan) – o‘zbekcha ko‘ngilochar vokal iste’dodlari musiqiy loyihasi. Bu musiqiy loyiha niderlandiyalik prodyuser Jon de Mol tomonidan yo‘lga qo‘yilgan The Voice televizion vokal tanlovi formatining o‘zbekcha versiyasi. Joriy yilning aprelidan “Zo‘r TV” telekanalida efirga uzatila boshlangan edi. Mazkur loyihaga byudjetdan 2 milliard so‘m mablag‘ sarflangan va bu muhokamalarga sabab bo‘lib kelmoqda.

    Anjumanda Ozodbek Nazarbekov agar jamoatchilik sarflangan mablag‘ga e’tiroz bildirayotgan bo‘lsa, pulni o‘z yonidan qaytarib to‘lashga roziligini aytib o‘tdi.

    “Bir narsani tushuninglar, bugungi kunda O‘zbekistonni nufuzini ko‘tarishga “Ovoz” loyihasi ham xizmat qiladi. Agar shuning uchun 2 milliard so‘m sarflash jinoyat bo‘lsa, men bunga roziman. Butun dunyoda yagona musiqiy shou mana shu loyiha bo‘lib turibdi va 76 ta davlatda namoyish etiladi. Sarflangan 2 milliard so‘mga malomat qilaversanglar, shu pulni hozir uyimni sotib bo‘lsa ham beraman.

    Shunday katta loyiha O‘zbekistonning nufuziga xizmat qiladimi yoki yo‘qmi? Kelinglar, shu haqda gaplashaylik. Bu loyihaning O‘zbekistonga kirib kelishi Markaziy Osiyoni “poq” etib ko‘zini ochib qo‘ydi-ku. Menga telefon qilib, “Biz qachon qatnashamiz” deb so‘rashyapti. Shu kerak emasmi bizga? Bitta sportchi ham shu ishni qilyapti, nufuzimizni ko‘tarib bermoqda. Bu ham xuddi shunga o‘xshagan, mamlakatni yanada tanitadigan ish. Shu bilan birga, yurtimiz iste’dodlarini birdan xalqaro maydonda ko‘rsatib qo‘ymoqda. Ko‘rsatuv 76 ta mamlakatga uzatilmoqda, shuncha davlatdan e’tibor bo‘lyapti, O‘zbekistonni dunyo xaritasidan qidirishyapti. Shu kerak menga.

    Ko‘rsatuv orqali Kubadan va boshqa mamlakatlardan ishtirokchilar kelmoqda va qatnashmoqda. Ishoninglar, bu iste’dodlarni yuzaga chiqishiga, respublikamizning imijiga xizmat qiladi. Bo‘ldi, boshqa narsa bermaydi!” dedi vazir.

    2 milliard so‘m haqida

    Vazirlik tomonidan 2 milliard so‘m teleloyiha ustozlari, badiiy rahbar, musiqa direktori, sozandalar uchun gonorar shaklida taqdim etildi.

    Ushbu holat jamoatchilik o‘rtasida norozilik keltirib chiqargach, bunga munosabat bildirilgan va konstitutsion huquqlar pesh qilingandi.

    “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga asosan, har kim munosib mehnat qilish va mehnati uchun adolatli haq olish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan. Shunga ko‘ra, teleloyihadagi ustozlar, sozandalar va boshqalarga mehnatlari uchun munosib haq to‘lanishi nazarda tutilgan. Madaniyat vazirligi tomonidan rejalashtirilgan mazkur xarajatlar teleloyihani tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning 30 foizini tashkil etadi”, deya qayd etilgan bayonotda.

    “Ovoz” (The Voice) haqida

    “Ovoz” musiqiy loyihasi The Voice loyihasining rasmiy franshizasi bo‘lib, O‘zbekiston shu teleloyihani namoyish etish huquqini olgan dunyodagi 76-mamlakatdir. Loyiha dastlab niderland prodyuseri Jon de Mol tomonidan o‘ylab topilgan va 2010-yilda niderland televideniyesida namoyish etilgan. Keyinchalik, xuddi shu formatdagi shoular litsenziya ostida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, masalan, AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, Fransiya, Kanada, Belgiya, Turkiya, Avstraliya, Portugaliya, Braziliya, Tailand, Polsha va Ispaniya kabi davlatlarda paydo bo‘ldi.

    Foto: Internet

    Ushbu shouni deyarli barcha mamlakatlarning xususiy telekompaniyalar sotib oladi va namoyish etadi. Biror bir davlat ushbu loyiha uchun davlat byudjetidan mablag‘ ajratmasligini e’tiborga olish lozim.

    BBC jurnalisti Ibrat Safo Facebook’dagi sahifasida u loyihaga davlat pul tikishi xato ekani haqida shunday yozgan edi:

    “Nega o‘zi davlat bunga pul sarflayapti? “Ovoz” ko‘rsatuvi hech qayerda davlat darajasidagi strategik loyiha emas. U avvaliga Gollandiyada chiqqan, so‘ng 60 dan oshiq boshqa davlatlardagi kanallar o‘z cho‘ntaklaridan pul sarflab sotib olishgan. Britaniyada oldin ITV kanali sotib oldi, so‘ng BBC. Amerikada NBC, Ispaniyada Antena 3, so‘ng Telecinco. Qanaqa davlat? Kanallarning o‘zlari uni sotib oladi – bu bozor iqtisodi deyiladi. Masalan, Ispaniyada, tasavvur qiling Xulio Iglesias – madaniyat vaziri va bir kanal “Senyor Iglesias, 2 mlrd yevro bilan shuni obering” deb boryapti. Buni tasavvur ham qilish qiyin. Davlat juniga kanallar juni aralashmaydi. Nega O‘zbekistonda davlat, ya’ni shundoq ham defitsit byudjetdan qaysidir xususiy kanal loyihasi uchun pul sarflanyapti? “Zo‘r TV” zo‘r bo‘lsa, o‘z pulidan sotib olishi kerakmasmi?” deya yozgan edi jurnalist.

    “Zo‘r TV” telekanalida namoyish etilayotgan “Ovoz” musiqiy loyihasining ilk murabbiylari sifatida Farrux Zokirov, Sevara Nazarxon, Tohir Sodiqov va Ozodbek Nazarbekov tanishtirilgan.

    E’tiborlisi, shouning final bosqichiga unda hakamlik qilayotgan Ozodbek Nazarbekov qudasining qizi — Madlen Sharipova hamda yana bir hakam Sevara Nazarxonning jiyani — Yulduz Nazarxonova yo‘l olgan. Bu esa turli e’tirozlarga sabab bo‘lgan.

    16.08.2024, 20:12   Izoh (3)   88571
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (3)

    Kirish
    1. adhamdustqulov@gmail.com / 18.08.2024, 13:27

      Shunaqangi axmaqona hakam va isrofgarchilikka asoslangan koʻrsatuv Oʻzbekiston nufuzini oshiradimi.Undan koʻra taʼlimga yoʻnaltirishlari shu mablagʻni.Qanchadan qancha maktab deyishga arzimaydigan xarobalarida oʻqib yotibdi.Na qishda na yozda hotirjam oʻqib boʻladi.Shunaqa "shou" lar bilan Oʻzbekiston obrusi osmon boʻlarmish yana.

      Javob berish
    2. n98488210@gmail.com / 17.08.2024, 11:59

      Бундай лойиҳа керак эмас бюджетни пулни жойига қўйиб қўйинглар

      Javob berish
    3. jamshidmirzayev0111@gmail.com / 16.08.2024, 20:59

      Kerak emas . Agar shu 2 milyard pul byudjetdan pul ajratilgan bulsa hayf....
      Chunki Artist tiqilib ketdi, bitta ikta artistni aytmasa birontasi xalqimiizga manaviy ozuqa bergan emas.
      Shu mablag'ga bir qishloqga bog'cha yoki suv inshoati qursa bulardi.....!!!!

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Madaniyat vazirligi “Ovoz” loyihasi uchun 2 mlrd so‘m ajratadi

    11.04.2024, 09:29

    “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti”— Ozodbek Nazarbekov Botir Qodirovning Sherali Jo‘rayev o‘g‘illari bilan sudlashayotganiga munosabat bildirdi

    24.04.2024, 15:51

    Instagram: Hamdam Sobirov rafiqasiga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi, “Ko‘k Jiguli”ga qancha pul sarflangan? Ozodbek Nazarbekov 50 yoshli yubileyini nishonladi

    08.05.2024, 10:51

    Ozodbek Nazarbekovning otasi vafot etdi

    14.05.2024, 09:00

    Raqobat qo‘mitasi Ozodbek Nazarbekov reklama qilgani aytilgan kiyim do‘koniga moliyaviy jarima qo‘lladi

    22.07.2024, 16:56

    Andijonda “Dunyo sadolari” festivaliga qancha mablag‘ sarflangani ma’lum qilindi

    04.08.2024, 10:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.