“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qarshi tumani “Navro‘z” MFYda faoliyat yuritayotgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shaxobchasi mas’ul shaxslari elektr hisoblagichni o‘zboshimchalik bilan almashtirib, dasturga kiritmagani aniqlandi.
![](/static/2024/08/15/aj-Xpaed4QF.jpg)
Bu haqida “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ xabar berdi.
Ushbu qoidabuzarlik bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 milliard 85 mln so‘m miqdoridagi hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.
“Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi”, deyiladi xabarda.
Izoh (0)