Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 27,28 so‘mga ko‘tarilib, 12 650,05 so‘m bo‘ldi. Yevro 12,37 so‘mga oshib, 13 930,24 so‘m bo‘ldi. Rubl 3,14 so‘mga ko‘tarilib, 142,20 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 12 622,77 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham oshgandi.
Izoh (0)