Jizzax viloyati, Baxmal tumanida qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.E. fuqaro N.H.ning ishonchiga kirib, unga Baxmal tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 0,17 gektar qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli yer maydoni sifatida ko‘rsatib, 119 mln so‘mga firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, kelishilgan pullar hisobidan 8 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)