Eron tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Ali Bagyoriy Kaniy Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Suhbat davomida u Isroilning Livan va Yamandagi zarbalariga, shuningdek, HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishiga Yevropa Ittifoqining sukut saqlashi Isroilni yanada tajovuzkor qadamlarga undayotganini aytdi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, Bagyoriy Kaniy bir qator Yevropa davlatlarining AQSH bilan hamkorlikda BMT Xavfsizlik kengashiga hujumni qoralashiga imkon bermagani uchun tanqid qildi.
Ali Bagyoriy Kaniyning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqining bu harakatlari mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni xavf ostiga qo‘yadi.
Izoh (0)