Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Taras Shevchenko ko‘chasida daraxtlar qo‘porilib tashlanayotgani haqida videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati izoh berdi.
![](/static/2024/08/02/2024-08-02 22.23.48-8wMekJzZ.jpg)
Maʼlum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan o‘rganishlar natijasida Taras Shevchenko ko‘chasida quruvchilar tomonidan ehtiyotsizlik oqibatida archa daraxti tag qismi bilan qo‘porilib tashlanganligi aniqlandi.
Fuqaro A.A.ga nisbatan MJtK ning 79-moddasi 1-qismi bilan 8,5 mln so‘m jarima hamda 1 mln 360 ming so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zararni qoplash belgilangandi.
Izoh (0)