• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lini qurish bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolangani tarixiy voqea bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

    Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekiston rahbari Qirg‘iziston prezidentining davlat tashrifi tarixiy voqea bo‘lgani va mamlakatlar ko‘p qirrali hamkorligida yangi davrni boshlab berganini taʼkidladi.

    Bu galgi sammitga birgalikda jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borilgani qayd etildi. Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, biznes forumi, rektorlar forumi, avlodlar muloqoti samarali o‘tdi. Shu kunlarda O‘zbekistonda Qirg‘iziston madaniyati kunlari o‘tkazilmoqda.

    Har doimgidek ochiq, konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tgan bugungi muzokaralar yakunlari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yetakchilar kun tartibidagi barcha dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qildi, Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning savdo-iqtisodiy sohadagi aniq rejalarini tingladi.

    Kelgusida o‘zaro hamkorlikni yanada yuqori bosqichiga ko‘tarish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot tashrifning asosiy siyosiy hujjati bo‘ldi.

    Prezidentlar raisligidagi davlatlararo kengash tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yetakchilar bundan buyon ham parlamentlar, hukumatlar, tashqi siyosat idoralari, tarmoq vazirliklari, hududlar, ishbilarmon va jamoatchilik doiralari darajasida yaqin siyosiy muloqotni rivojlantirish va faol aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi.

    Tomonlar mintaqaviy va xalqaro platformalar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, SHHT, MDH, Turkiy davlatlar tashkiloti, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari va boshqa formatlardagi tashabbuslarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

    Davlat rahbari O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining yangi keng qamrovli iqtisodiy kun tartibini shakllantirish muhimligini taʼkidladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shu maqsadda bugun o‘zaro savdo hajmini oshirish dasturi qabul qilindi. Bundan tashqari, mamlakatlar poytaxtlarida savdo uylari tashkil etiladi, yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish uchun uzoq muddatli eksport-import shartnomalari portfeli tayyorlanadi.

    Eksportni qo‘llab-quvvatlash va sertifikatlarni tan olish vositalari joriy etiladi, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari uchun “yashil yo‘lak” ishga tushiriladi.

    Yetakchilar sanoat kooperatsiyasida, eng avvalo, ikki mamlakat iqtisodiyotining bir-birini to‘ldiradigan tarmoqlarida yangi o‘sish nuqtalarini yaratish masalalariga alohida to‘xtaldi. Bular energetika, avtomobilsozlik, transport va logistika, elektrotexnika, to‘qimachilik, agrosanoat va boshqa tarmoqlardagi loyihalardir.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bugun Farg‘ona va Namangan viloyatlarida quyosh stansiyalarini qurish, Chuy viloyatida avtomobillar, Qora-Baltada to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha muhim loyihalarga start berildi.

    Bunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasining ustav kapitalini 200 million dollarga yetkazishga qaror qilindi.

    Hududlar o‘rtasidagi tizimli muloqotni kengaytirish muhimligi qayd etildi. Chegaraoldi viloyatlar hokimlari kengashi ishini faollashtirishga kelishib olindi. O‘zaro tashriflar jadvali tayyorlanib, hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritalari” yangilanadi. Loyihalar portfelini yil yakuniga qadar 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbarlari qishloq xo‘jaligi sohasida yangi imkoniyatlarni belgilab berdilar. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini birgalikda yetishtirish, fyuchers bitimlaridan foydalangan holda intensiv bog‘lar va agroklasterlar tashkil etish shular jumlasidan.

    Tomonlar mintaqada transport bog‘liqligini mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar.

    “Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lini qurish strategik loyihasi bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolangani tarixiy voqea bo‘ldi”, dedi mamlakat yetakchisi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Transport yo‘laklarini rivojlantirish sohasidagi yangi loyihalarni o‘rganish uchun ekspertlar guruhini tashkil etishga kelishib olindi.

    Davlat rahbarlari energetika sohasidagi hamkorlikka ustuvor ahamiyat qaratdi.

    Tomonlar kichik gidroenergetika sohasida alohida hamkorlik dasturini tayyorlashga kelishib oldi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    “Qambarota GES qurilishi to‘g‘risida uch tomonlama bitim qabul qilishni tezlashtirish choralarini ko‘ramiz. Ushbu megaloyiha, shubhasiz, butun mintaqamizning barqaror taraqqiyotiga xizmat qiladi”, dedi O‘zbekiston prezidenti.

    Madaniyat, yoshlar, taʼlim, fan va sport sohalarida faol muloqot va almashinuvlar davom ettiriladi.

    Davlat rahbari sayyohlik almashinuvini rivojlantirish imkoniyatlarini alohida qayd etdi. Ayni paytda Toshkentdan Bishkek va Tomchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgan.

    Tashrif davomida O‘zbekistonning Issiqko‘ldagi sanatoriy-kurort majmualari to‘g‘risida bitim imzolandi. Iyul oyi boshida O‘zbekiston tomoni uchta obyektni ishga tushirdi, ular mehmonlarni qabul qilmoqda. Turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda.

    Samarali muzokaralar yakunida o‘zaro hamkorlikning muhim yo‘nalishlarida salmoqli bitimlar to‘plami qabul qilindi.

    Mamlakat yetakchisi so‘zining yakunida muzokaralar natijalaridan mamnunligini izhor etdi hamda Qirg‘iziston prezidentining O‘zbekistonga tarixiy tashrifi samaralari hamkorlikni aniq mazmun bilan boyitishga, O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

    18.07.2024, 19:08   Izoh (0)   11084
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston poytaxtlarida o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga chiqarish uchun savdo uylari tashkil etiladi

    18.07.2024, 16:37

    Farg‘ona va Namanganda ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berildi

    18.07.2024, 16:58

    Qirg‘iziston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida 16 ta hujjat imzolandi 

    18.07.2024, 18:04

    Eng past va yuqori narxlar: O‘zbekistondagi universitetlarda to‘lov-kontrakt miqdorlari qancha?

    18.07.2024, 18:52

    Samarqand va Farg‘onada kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlar ushlandi 

    18.07.2024, 18:29

    O‘zbekistonliklar Rossiyadagi korxonaga ishga taklif qilinmoqda. Maosh 8 mln so‘mdan yuqori 

    18.07.2024, 17:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.