Parij Olimpiadasida kamondan o‘q otish bo‘yicha musobaqalar davom etmoqda.
![](/static/2024/07/31/photo_2024-07-31_16-20-14-4tfTF2WE.jpg)
O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Amirxon Sodiqov pley-off bosqichidagi ishtirokini boshladi. Ilk davrada argentinalik Damian Jarabilla bilan to‘qnash kelgan hamyurtimiz 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Avvalroq saralash bosqichida Amirxon 64 ishtirokchi orasidan 674 ochko to‘plab, 13-o‘rinni egallagan edi.
Endi Amirxon Sodiqov nimchorak final bahslariga kirishadi.
Izoh (0)