Daryo

Parij—2024. O‘zbekiston bayroqdori g‘alaba bilan boshladi

Shvetsiya vakili bilan jangda Abdumalik g‘alaba qozondi

1 daqiqa o‘qish18 224 ko‘rishlar0 izoh0

Parij Olimpiadasining boks bo‘yicha musobaqalari davom ettirildi.

Foto: Videodan lavha

-57 kggacha bo‘lgan vazn toifasida jang qiluvchi O‘zbekiston Olimpiadasi bayroqdori Abdumalik Halokov Shvetsiya vakili Nebil Ibrahimga qarshi jang qildi. 

Nebil Ibrahim Yevropa chempionati sovrindori hisoblanadi. 

Uch raund davom etgan bahsda 24 yoshli o‘zbek sportchisi g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Hakamlar barcha raundlarda o‘zbek sportchisining g‘alabasini e’tirof etdi — 5:0.

Chorak final bahsini Halokov 3-avgust kuni o‘tkazadi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar