Parijda Olimpiada o‘yinlari davom etmoqda. Bugun, 31-iyul kuni dzyudo bahslari davom ettirildi.
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Gulnoza Matniyazova o‘zining uchinchi Olimpiadasini g‘alaba bilan boshladi.
-70 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchi ilk bosqichda KXDR vakili Song Munni dog‘da qoldirib, ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Chorak final bosqichida Matniyazovaga yaponiyalik Saki Nizoye raqiblik qiladi.
Gulnoza Matniyazova 1994-yil 10-avgust kuni Xorazm viloyatida dunyoga kelgan. O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi a’zosi Osiyo va Jahon chempionati sovrindori hisoblanadi.
Izoh (0)