O‘zbekiston delegatsiyasi futbol bahslaridan so‘ng yana bir sport turida debyut qildi. Bugun, 25-iyul kuni kamonchilar Ziyodaxon Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqov Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining yakkalik dasturida dastlabki saralash bahsini o‘tkazishi rejalashtirilgan edi.
Bugun qayd etiladigan natijalar asosida pley-off bosqichi uchun qur’a shakllantiriladi.
Erkaklar o‘rtasida yakkalik bahslarida qatnashgan Amirxon Sodiqov 64 ishtirokchi orasidan 674 ochko to‘plab, 13-o‘rinni egalladi. Endi u 31-iyul kuni 1/32 final bosqichida argentinalik Mario Damian bilan bellashadi.
Avvalroq Ziyodaxon Abdusattorova 1-saralash bosqichidagi ishtirokini yakunlagan edi. O‘zbekistonlik kamonchi 649 ochko to‘plab, o’zining eng yaxshi natijasini qayd etdi.
Endi Ziyodaxonga 31-iyul kuni 1/32 final bosqichidan medallar uchun kurashni boshlaydi. Unga mazkur davrada chexiyalik Marie Xorachkova raqiblik qiladi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchilarning 25-iyuldagi musobaqalardagi ishtiroki o‘z yakuniga yetdi
Izoh (0)