O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 60 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yil yanvar-iyun oylarida 48,4 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p.
To‘langan soliqlarning 95,1 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:
- Meta — 18,4 mlrd so‘m;
- Google — 12,9 mlrd so‘m;
- Apple — 9,8 mlrd so‘m;
- Vooking.som — 1,1 mlrd so‘m;
- Amazon — 949,2 mln so‘m;
- Zoom — 696,6 mln so‘m;
- Netflix — 666 mln so‘m
- Acca — 652,1 mln so‘m;
- Xsolla — 449,3 mln so‘m;
- Adobe — 301,3 mln so‘m.
Izoh (0)