Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada o‘yinlari davom etmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi dastlabki medalini naqd qildi.
Dzyudochi Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasining finaliga yo‘l oldi.
Keldiyorova yarim finalda mezbonlarning birinchi raqamli sportchisi, Olimpiya o‘yinlarining oltin va kumush medallari sohibi Amandin Busharni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
Diyora nimchorak finalda yaponiyalik Uta Abeni yengib, chorak finalga chiqqan edi. 1/4 finalda esa germaniyalik Masha Ballhaus taslim etilgandi.
Izoh (0)