Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada o‘yinlari davom etmoqda.
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Sardor Nurillayev Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.
-66 kg vazn toifasida qatnashgan Sardor ilk davrada braziliyalik Uilyam Limaga vazari bahosi evaziga imkoniyatni boy berdi.
Avvalroq Diyora Keldiyorova (-52 kg) ikkinchi bosqichda Tokio—2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, yaponiyalik Uta Abeni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l olgandi.
Izoh (0)