• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda energotizim bo‘yicha mutlaq tarixiy rekord yangilandi

    O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi isteʼmoli rekordi yangilandi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi axborot xizmati. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qayd etilishicha, respublikada kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sharoitida elektr energiyasiga bo‘lgan talab hafta davomida 16,5 million kVt/soat yoki o‘rtacha 7,1 foiz oshgani kuzatildi. Xususan, 25- va 26-iyul kunlari energotizim bo‘yicha mutlaq tarixiy rekord ko‘rsatkichlar yangilandi.

    Jumladan, 25-iyul kuni soat 15:47 da havo harorati 39,7 darajada (Toshkent shahrida) O‘zbekiston energotizimida isteʼmol quvvati 11 822 MVt ni tashkil qildi. Mazkur ko‘rsatkich yoz davri uchun tarixdagi absolyut rekord bo‘lib, 2023-yil 28-iyulda (40 daraja) qayd etilgan eng yuqori isteʼmolga nisbatan 343 MVt ko‘p bo‘ldi.   

    Shuningdek, 26-iyul kuni yozgi maksimal sutkalik elektr energiyasi isteʼmoli 253,3 million kVt/soatni tashkil etib, 2023-yil 28-iyul kungi yozgi maksimal isteʼmoldan 0,9 million kVt/soat ko‘p bo‘ldi. Toshkent shahrida 26-iyul kuni absolyut tarixiy rekord isteʼmol quvvati soat 14:27 da kuzatilib, 1705 MVt ni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi 27-iyul (40,1 daraja) kunida kuzatilgan maksimal isteʼmolga nisbatan 97 MVt ko‘pdir. 

    Anomal harorat fonida havo va kabel elektr uzatish liniyalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati pasayishi sababli poytaxtning alohida elektr tarmoq xo‘jalik obyektlarida (soat 11:00 dan soat 17:00 gacha) o‘ta kuchli yuklanishlar qayd etildi. 

    Mazkur holat tizimli avariyalarning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va poytaxt isteʼmolchilarning tartibsiz ommaviy uzilishlarini oldini olish maqsadida, Toshkent shahar isteʼmolchilariga qisqa muddatli vaqtinchalik cheklovlar kiritishni talab etdi.

    “Isteʼmolchilardan tarmoqda nosozliklar yuzaga kelishining oldini oladigan, ancha uzoq vaqt tuzatishni talab qiladigan holgacha yetib bormaslik uchun qisqa muddatga elektr energiyasini uzib turishga to‘g‘ri keladigan bunday zaruriy choralar bugun o‘ta muhim ekanligini to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz.

    Qatʼiy tejamkorlikka amal qilib, zarurat bo‘lmagan hollarda elektr asboblaridan foydalanmaslik orqali ham barchamiz tizimda yuklamaning ortishini, avariyalar va uzilishlarning sodir bo‘lishining oldini olishga katta hissa qo‘shamiz.

    Taʼkidlash o‘rinliki, ayni paytda kunduzgi soatlarda energotizimda jami 1300 MVt zaxira quvvatlari mavjud bo‘lib, energotizim isteʼmol talabining qariyb 1900 MVt qismi yoki 16 foizi quyosh fotoelektr stansiyalari hisobidan qoplanmoqda. Natijada soatiga 590 ming kub metr gaz iqtisod qilinishiga erishilyapti.

    Shuni qayd etish kerakki, anomal issiq sharoitida ayrim tarmoqlarda yuz berayotgan avariyalar hududlarda tashkil etilgan maxsus brigadalar tomonidan kechiktirmasdan bartaraf etilmoqda. 1154 qisqa raqamiga aholi tomonidan bo‘ladigan murojaatlarga tezkor javob berish maqsadida esa qo‘shimcha xodimlar jalb qilingan”, deyiladi xabarda.

    27.07.2024, 17:05   Izoh (0)   52250
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Elektr hisoblagichlar isteʼmolchilardan ortiqcha kilovatt uchun pul olgani qayd etilmagan” — Energetika vazirligi 

    09.07.2024, 18:45

    “Elektr energiyasi bozori tashkil etilib, savdolar onlayn amalga oshiriladi” — Sherzod Xo‘jayev

    10.07.2024, 22:35

    O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi qachon ishga tushirilishi ochiqlandi 

    11.07.2024, 18:02

    Farg‘onada ayol erining birinchi turmushidan bolalariga berishi kerak bo‘lgan alimentni oldindan to‘lab qo‘ydi 

    27.07.2024, 16:19

    Qamchiq dovonida yuk avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

    27.07.2024, 15:10

    Fuqarolarni AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan yuborishni va’da qilgan shaxslar  DXX tomonidan qo‘lga olindi 

    27.07.2024, 14:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.