Buxoro viloyatida Qorovulbozor davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi direktori ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro shahri bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Qorovulbozor davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi direktori J.N. fuqaro B.B.ning ishonchiga kirib, unga 3 000 dollar evaziga akasi va qarindoshi tomonidan ushbu xo‘jalikka yetkazilgan 78 mln so‘m zararning to‘langani to‘g‘risida ma’lumotnoma berish orqali qarzdorligini yopishini aytib, shundan 2022-yilning noyabr oyida 2 000 dollarni olib, yana 800 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)