• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sarson talabalar, go‘shakni ko‘tarmayotgan BBA — milliy sertifikat yuzasidan tushuntirish berish shunchalar qiyinmi?

    Madaniyat va sport mutaxassisliklarida magistraturaga hujjat topshiruvchi talabalarga yengillik yaratilgan holda qabulda B2 sertifikati bekor qilinib, B1 daraja yetarli deb topildi. Bu haqda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida prezident farmoni ishlab chiqildi. Biroq mas’ullar turk tili sertifikati bo‘yicha B1 daraja yo‘qligini ta’kidlamoqda.

    Barchaga ma’lumki, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

    Joriy yilning may oyi boshida madaniyat va sport yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun magistraturaga qabulda til bilish sertifikati bekor qilinganligi haqida ommaviy axborot vositalarida О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya vaziri tomonidan ma’lumot berildi. Ammo xursandchilik ko‘pga cho‘zilmadi, oradan bir kun o‘tgach vazir noto‘g‘ri bayonot bergani haqida xabar berildi.

    Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, О‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga о‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish tо‘g‘risida”gi farmoni 4-bandida magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha kamida B1 darajasida xorijiy tilni bilish belgilandi.

    “Daryo.uz” saytiga bir qator talabalar tomonidan kelib tushgan murojaatga ko‘ra, ular may-iyun oyida turk tilidan milliy sertifikat uchun imtihon topshirgan va natijalar chiqa boshlagach shaxsiy kabinetida B2 daraja uchun yetarlicha ball to‘play olmagani haqida ma’lumot berilgan. Holbuki, bir talabgor 63.31 ball, boshqasi esa 51.31 ball to‘plagan. O‘zbekiston Bilim va malakalarni baholash agentligi (BBA) baholash mezonida 51-64 gacha B2 daraja uchun yetarli deb ko‘rsatilgan. 

    Bilimni baholash agentligi bilan bog‘lanib, sababi so‘ralganda bu baholash mezoni ingliz tiliga taalluqli ekanligi, turk tilida 72 balldan boshlab B2 daraja berilishi va B1 daraja yo‘qligi aytilgan. Chet tilini bilish darajasini baholash mezoni deb atalgan tizimda aynan ingliz yoki turk tili uchun tegishli deyilmagan. Bundan kelib chiqadiki, rasmiy saytda to‘liq ma’lumot berilmaganmi?

    Imtihonga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida turk tilidan faqat B2 va C1 daraja tanlanishi mumkin. Bunda agar talabgor B2 darajani tanlagan bo‘lsa-yu, to‘plagan bali C1 daraja uchun yetarli bo‘lsa ham unga B2 sertifikati beriladi — sababi avvaldan B2 daraja tanlab bo‘linganida. Ammo turk tili imtihonida B2 darajaga bali yetmagan talabgorlarga B1 daraja berilmaydi — sababi B1 daraja mavjud emas.

    Ammo magistratura qabulida madaniyat va sport mutaxassisliklari uchun B1 daraja belgilanishi to‘g‘risidagi farmonga muvofiq, ushbu yo‘nalishlarga hujjat topshirayotgan va B2 darajaga bali yetmagan talabgorlarga B1 sertifikati berilishi kerak emasmi? Axir qabul tugashiga juda oz muddat qoldi-ku. Magistraturaga qabulda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi San’atshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha bu yil ham hali birorta ariza kelib tushmagan. Yana o‘tgan yilgidek hol takrorlanadimi?

    Ma’lumot o‘rnida, 2023/2024-o‘quv yilida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida San’at nazariyasi va tarixi yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaga hujjat topshiruvchilarda B2 darajadagi til bilish sertifikati yo‘qligi sababli ajratilgan kvota bo‘sh qolgan.

    “Daryo”ga kelib tushgan murojaatda bildirilishicha, talabgorlar tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yozma murojaat bilan chiqilgan. Javob xati О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan kelgan bo‘lib, unda uch nafar talabgor tomonidan appelyatsiya berilmagani, natija 72 ballga yetmaganligi ma’lum qilinib, bu holatda B1 sertifikatini berish uchun huquqiy asos mavjud emasligi ma’lum qilingan. Kamiga barcha murojaatchilar familiyasi ham xato yozilgan.

    Kuni kecha Bilimni baholash agentligi bilan bog‘lanib, vaziyatga yetarlicha oydinlik kiritish so‘ralganda bu masalaga agentlikning Chet tillari bo‘limi javob berishi aytildi. Biroq suhbat davomida bo‘lim mas’ullari bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmadi va shu bo‘lim raqami berilib, shaxsan bog‘lanishga urinib ko‘rish aytildi va ogohlantirildi — bo‘lim go‘shakka javob berishi qiyin, tinmay qo‘ng‘iroq qilish kerak, shundagina qo‘ng‘iroqqa javob berish ehtimoli bo‘ladi.

    Eng ajablanarlisi, agentlik tomonidan Chet tillari bo‘limi deya berilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilinishi bilan keksa ayoldan “Bu test markazi emas, xonadon” degan javobni eshitdik. Bundan kelib chiqadiki, mazkur bo‘lim bilan bog‘lanmoqchi bo‘lganlarga noto‘g‘ri raqam beriladimi?

    Yana biz bilan suhbatlashgan xodim bilan bog‘lanib, to‘g‘ri raqam olindi. Ammo ogohlantirilganidek, mana ikki kundirki, bo‘lim go‘shakni ko‘tarmadi. Murojaatchilarning talabini qondirish yuzasidan Bilimni baholash agentligi tomonidan munosabat berish so‘raladi.

    24.07.2024, 17:50   Izoh (0)   15020
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda magistraturaga qabul boshlandi

    01.07.2024, 14:51

    “Test sinovlari yuzasidan agentlikni hali hech kim sudga bermadi” — O‘zBMB agentligi vakili test sinovlaridagi mojaro yuzasidan munosabat bildirdi

    19.07.2024, 17:30

    Davlat granti bo‘yicha 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi 

    22.07.2024, 09:41

    Shavkat Mirziyoyev 67 yoshda: O‘zbekiston prezidentini kimlar tabrikladi?

    24.07.2024, 17:10

    Navoiyda 53 nafar mas’ul 180 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi 

    24.07.2024, 16:35

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

    24.07.2024, 16:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ma’nosi oltinga teng bo‘lgan, ammo ko‘pchilik ko‘rmagan qadrdon multfilmlar

    Kino | 21 iyun, 14:20

    O‘zbekistonda Germaniya universiteti tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 14:00

    Yohansson tanqiddan qo‘rqadi, Bullok esa xakerlardan: nima uchun ba’zi mashhurlar ijtimoiy tarmoqlardan voz kechgan?

    Shou-biznes | 21 iyun, 13:45

    Yangi iPhone 18 Pro va Pro Max’ning old kamerasi ko‘rinmas bo‘ladi

    Texnologiyalar | 21 iyun, 13:25

    Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan bolani qo‘shni yigit qutqardi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 13:00

    “Muhtasham yuz yil” yulduzlari Maryam Uzerli va Kaan Urganjiog‘lu yangi serialda birgalikda suratga tushmoqda

    Kino | 21 iyun, 12:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.