Mark Sukerberg AQSH prezidentligiga nomzodlarning birortasini – na Jo Baydenni, na Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi.
Sukerberg buni ijtimoiy tarmoqlar asta-sekin saylov kampaniyalarida kamroq rol o‘ynay boshlagani bilan izohladi.
Uning fikricha, foydalanuvchilar siyosat bilan bog‘liq bo‘lmagan mavzularga tobora ko‘proq qiziqishmoqda. Shu bilan birga, Sukerberg AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning suiqasd paytidagi harakatlarini ijobiy baholadi.
“Donald Trampning yuziga o‘q uzilganidan keyin o‘rnidan turib, hilpirayotgan Amerika bayrog‘i fonida qo‘lini baland ko‘targani — hayotim davomida ko‘rgan eng zo‘r voqealardan biri”, dedi Facebook asoschisi.
Izoh (0)