Amerika Kubogining dastlabki chorak final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi chempion Argentina Ekvador bilan to‘qnash keldi.
Uchrashuvning asosiy daqiqalari so‘nggigacha Argentina Lisandro Martinesning 35-daqiqada urilgan goli sabab ustunlikka ega edi. Ammo 90+2-daqiqada Kevin Rodriges hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Avvalroq Ekvador penalti tepish imkoniyatiga ega chiqdi, ammo Valensiya penaltidan foydalana olmadi.
Asosiy vaqtda g’olib aniqlanmagach, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Argentina sardori Lionel Messi penaltilar seriyasida gol ura olmadi. Emiliano Martinesning ikki seyvi Argentinani yarim final bosqichiga olib chiqdi.
Argentina yarim finalda Venesuela — Kanada juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.
Amerika Kubogi—2024
Chorak final
5-iyul, juma
Argentina — Ekvador 1:1 (Penaltilar seriyasi — 4:2)
Gollar: 1:0 — Lisandro Martines (35) — 1:1 — Kevin Rodriges (90+2).
Argentina: Emiliano Martines, Molina (Montiel, 90), Romero, Lisandro Martines (Lo Chelso, 78), Talyafiko, De Paul, Mak Allister, Fernandes (Otamendi, 78), Messi, Lautaro Martines (Alvares, 65), Gonsales.
Ekvador: Dominges, Presiado, Torres, Pacho, Inkapie, Grueso (Yeboa, 79), Franko (Kaysedo, 87), Kaysedo, Payes (Minda, 76), Sarmiyento (Rodriges, 76), Valensiya (Mena, 80).
Ogohlantirishlar: Valensiya (30), Kaysedo (75), Gonsales (77), Talyafiko (81).
Izoh (0)