Fransiyalik futbolchi Kilian Mbappe Krishtianu Ronalduni futbol afsonasi deb atadi.
“Ronalduga qarshi o‘ynash men uchun faxr, men uning o‘yinini yaxshi ko‘rishimni hamma biladi. Biz hamon aloqalarni saqlab qolganmiz. U futbol afsonasi bo‘lib qoladi, lekin ertaga biz g‘alaba qozonishni xohlaymiz.
Unga hasad qilamanmi? Hamma narsani boricha qabul qilgan ma’qul. Krishtianu — ajoyib futbolchi. Uning biografiyasi hammasini aytib turadi. Uni juda hurmat qilaman.
Krish yagona! Men esa shunchaki o‘z yo‘limdan yurmoqchiman. “Real”da o‘z tariximni yozishni istayman”, — deydi Mbappe.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya va Portugaliya Yevro—2024 chorak finalida o‘zaro to‘qnash keladi. Ular o‘rtasidagi o‘yin 5-iyuldan 6-iyulga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.
Izoh (0)