Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida ikki bola bo‘z echkemarni o‘ldirdi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu holat Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani "Ozod" mahallasi hududida mol boqib yurgan, hali voyaga yetmagan ikki nafar shaxs tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Bolalarning aytishicha, 26-iyun kuni shu mahalla hududidagi adirlikda chorva mollarini boqib yurgan vaqtida bo‘z echkemar mollariga tashlangan, chorva mollarini xavfsizligi uchun unga hujum qilib o‘ldirishgan.
Mazkur holatni sodir etgan fuqarolar hali balog‘at yoshiga yetmagani sababli ushbu holat yuzasidan birlamchi hujjatlar tayyorlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari, bo‘z echkemarni nobud qilgani uchun hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-dekabrdagi 649-sonli qarori ilovasiga asosan hisoblanganda 34 million so‘mni tashkil etadi.
Izoh (0)