Kataloniyaning “Barselona” klubi uch nafar futbolchisining jamoani tark etayotganini e’lon qildi.
“Ko‘k-anorranglilar” safida ijara asosida to‘p surgan “Atletiko” futbolchisi Joau Feliks, “Manchester Siti” himoyachisi Joau Kanselu o‘z klublariga qaytib ketadi.
Shuningdek, kataloniyaliklar Markos Alonso bilan ham shartnomani uzaytirmasligini ma’lum qildi.
Feliks “Barselona” safida 44 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta golga mualliflik qilgan. Kanselu esa 42 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Markos Alonso 2022-yilda “Chelsi”dan erkin agent sifatida “Barselona”ga o‘tgan edi.
Izoh (0)