• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Janob Rasul 36 yoshda: Bolaligida velosipedi bo‘lmagan bola qanday qilib o‘zbek shou-biznesining eng talabgir xonandasiga aylandi?

    Janob Rasul ijodi qanchalik tanqidlarga sabab bo‘lmasin, o‘zining tinglovchilari bor. U hamisha o‘ziga xos ijro uslubi bilan tinglovchilar eʼtiborini tortadi. Bu yil 36 yoshni qarshilagan ijodkor 13 yoshida sanʼatga kirib kelgan. Xo‘sh, o‘tgan vaqt mobaynida u nimalarga erishdi? Sanʼatkor bo‘lganidan afsuslangan paytlari ham bo‘lganmi?

    “Bolaligim qiziq o‘tmagan”

    Foto: “Daryo”

    — Bolaligim u qadar qiziq kechmagan. Hamma qatori oddiy bola bo‘lganman. Baliq tutishni va antennasi uzun radioda qo‘shiq tinglashni yaxshi ko‘rardim. Uni qulog‘imga qo‘yib, bir soatda bir beriladigan qo‘shiqni kutib o‘tirardim. Ungacha bir ayol tinmay gapirardi. “Qachon tugar ekan?” deb men ham uni eshitib o‘tiraverardim. Bolaligimda hindcha qo‘shiqlarni yaxshi ko‘rardim. Maktabda o‘qidim, undan keyin kollejga o‘qishga kirdim. Shu bilan katta bo‘lib qolganimni bilmay qoldim. Baʼzilarning bolaligiga o‘xshab, meniki unchalik qiziqarli bo‘lmagan, — deydi xonanda.

    “Onam betob bo‘lgach, oilamiz qiynalib qolgan”

    Foto: “Daryo”

    — Onam og‘ir kasallikka chalinganidan keyin, oilamiz ham ko‘p qiyinchilikka uchragan. Moddiy ehtiyojlar sabab, 13 yoshimdan to‘ylarga chiqqanman. Sanʼatkorlar choy ichib dam olishayotgan paytda “Mikrofonda ovozim qanday chiqar ekan?” deb baqirib tayoq yegan paytlarim ham bo‘lgan.

    Yutuqlarimning zamirida onamning mehnati juda katta. U menga ishonch bag‘ishlagan va hamisha qo‘llab-quvvatlagan. “O‘g‘limning ovozi bor, yaxshi sanʼatkor bo‘lsa ko‘p pul topadi”, deb “Sevinch” guruhida qo‘shiq aytishimni istagan. Ammo ko‘p o‘tmay odamlar ust-boshingizga qarab muomala qilishini tushunib yetganman, — deydi xonanda.

    “Meni negadir xushlashmagan”

    Foto: “Daryo”

    — Nomini aytmayman, bir guruh yigitlari bilan to‘ylarga chiqardim. Ammo negadir xushlashmasdi. “Sen boraver, o‘zimiz bir amallaymiz”, deb to‘yga ketayotgan vaqtimizda yo‘lda tushirib qoldirishardi. Jamoa rahbarimizga esa “Rasulning ishi bor ekan, uyida qoldi”, deb yolg‘on gapirisharkan. Ustozim esa mendan ranjirdi. Keyin bilsam, ular men bilan birga xizmatlarga borishni istashmagan ekan. Chunki kiyimlarim juda oddiy bo‘lgan, oilaviy sharoitim sabab yangi kiyim olomasdik. Ammo yillar o‘tib, ular orasida eng qimmat kiyimni o‘zim kiyadigan bo‘ldim. Ammo hozir ulardan ranjimayman, balki to‘yga borolmay yig‘lab uyimga qaytganim motivatsiya bo‘lgandir, — deydi Janob Rasul.

    “Guruh tarkibida kelajagimni ko‘rmadim”

    Foto: Instagram

    — Onamning xohishi bilan “Sevinch” nomli guruhda qo‘shiq aytishni boshlaganman. Ustozimdan juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. Ammo guruh tarkibida ijod qilib, kelajagimni ko‘rmadim. Shundan keyin ustozimning roziligi bilan yakkaxon ijod qilishni boshladim. Ammo 5 yil tashkiliy va moliyaviy jihatdan juda qiynaldim.

    Guruh bilan ishlash qiyin. Eng katta kelishmovchilik puldan kelib chiqadi. Eng ahl guruhlar ham kun kelib, pul sabab ajraladi. Bir paytlar “Ummon” guruhidagi Jasurga shu haqida aytganimda “Yo‘q, biz avvaldan bir-birimizni taniymiz, bizda hech qanday kelishmovchilik bo‘lmaydi”, degandi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay Shohruh uylandi. Keyin guruh haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Chunki uchta qo‘chqorning boshi bir qozonda qaynamaydi, — deydi xonanda Janob Rasul.

    “Milliy qo‘shiqlarda omad kulmadi”

    Foto: “Daryo”

    — Zamonaviy qo‘shiqlardan avval maqom, turk va hind ohangidagi qo‘shiqlarni ijro etdim. Hatto sof o‘zbekona klip ham suratga oldirganman. Ammo hech qanday natijaga erishmaganman.“90-60” klipi qancha tanqidlarga uchragan bo‘lsa ham, YouTubeda eng ko‘p ko‘rilgan kliplardan biri hisoblanadi. Uni nafaqat O‘zbekistonda, O‘rta Osiyo, Janubiy Koreya, Moskva va AQSHda ham tomosha qilishadi. Nazarimda dunyoga chiqib olmagunga qadar milliy qo‘shiqlar bilan ularning eʼtiborini tortib bo‘lmaydi. Shu bois o‘zbek sanʼatini xorijda targ‘ib qilishdan avval ularning nazariga tushish kerak, — deydi xonanda Janob Rasul.

    “O‘ligim kimgadir kerak bo‘lgan”

    Foto: Instagram

    — 2019-yili to‘ydan qaytayotganimizda juda g‘alati voqea sodir bo‘lgan. O‘shanda Alloh bizni bir o‘limdan saqlagan. Xullas, to‘ydan yaxshi kayfiyatda chiqib, Buxoroning “betonka” yo‘lida ketayotgandik. Bu yo‘l tekis bo‘lgani uchun mashinamiz 150-170 km tezlikda harakatlanardi. Birdan mashinamiz qattiq silkindi. Qo‘rqib, mashinani to‘xtatganmiz. Qarasak, orqa ballon qiyshayib qolgan va ballonni mustahkamlovchi 5 ta boltdan 3 tasi chiqib ketgan. Aslida u mashinaning ballonini bo‘shatish oson emasdi. Uni biladigan odam xizmatda ekanimizdan foydalanib shunday qilgan, deb gumon qilgandik. “Agar o‘sha ikkita bolt ham chiqib ketganida, mashina ag‘darilardi. Xudo sizlarni asrabdi”, deyishgan mashina ustalari. O‘ligimiz kimgadir kerak bo‘lgan, — deydi xonanda Janob Rasul.

    “Bitta klipga 30 ming AQSH dollari sarflaganman”

    Foto: Instagram

    — Men o‘zimni qimmat pulga klip oldiradigan xonanda deb bilmayman. Chunki Yevropada suratga olinayotgan kliplarni ham kuzatib boraman. Bizda ulardek 300-400 ming AQSH dollari sarflanadigan kliplar olinmaydi. Mening eng qimmat klipim “90-60” qo‘shig‘iga olingan. Unga umumiy hisobda 30 ming AQSH dollari sarflaganman. Chunki O‘zbekistondan Dubayga 11 kishi borganmiz, mehmonxona xarajatlaridan tashqari, u yerdan ikkita operator yollaganmiz. Bundan tashqari, Dubay shahrida klip suratga olish uchun ham alohida pul to‘lanishi kerak ekan. Shuning uchun ham bu qo‘shiqning klipi menga ancha qimmatga tushgan, — deydi xonanda Janob Rasul.

    “Bitta to‘ydan 15 ming AQSH dollari daromad topganman”

    — Ko‘pchilik meni qimmat xonanda deb biladi. Ammo men bunday deb o‘ylamayman. Yulduz Usmonova va Munisa Rizayevalar mendan ham qimmatga xizmatlarga boradi. To‘ydagi gonorarim qancha ekanini esa ochiq aytolmayman. Buning sababi xizmat narxlari viloyatning uzoq-yaqinligi bilan ham bog‘liq. Xorij mashinasida yuraman. U ancha ko‘p benzin yeydi. To‘yda fonogrammadan foydalanmayman. Shuning uchun yonimda bir nechta yigitlar bo‘ladi. Agar hozir xizmat haqqini aytsam, ertaga muammo yuzaga kelishi mumkin. Ammo yaqinda Tojikistonga bir soatlik xizmatga bordim. Buning uchun 15 ming AQSH dollari oldim. Bu shu kungacha bitta to‘ydan olgan eng ko‘p xizmat haqim bo‘ldi, — deydi xonanda Janob Rasul.

    “To‘rt qavatli uyim”

    Foto: Instagram

    — Uy-joyim, mashinam haqidagi maʼlumotlarni hech qachon yashirmayman. Chunki bularni faqat xalqning oldida qo‘lga kiritdim va o‘g‘irlik qilganim, birovning haqqiga xiyonat qilganim yo‘q.

    Beruniy tumanida 30 sotixli maydonga 4 qavatli uy qurganman. Bu uyning rejasini bundan 12 yil avval chizgandim. Ishonasizmi, o‘shanda bitta velosipedim ham bo‘lmagan. Yaxshi niyat qilib, katta uy qurishni rejalashtirgandim. Uyga lift ham o‘rnatdik. Hovlida kichik issiqxona va ferma ham bor. Bolaligimdan shunday narsalarga qiziqaman.

    Nasib qilsa, keksayganda nabiralarning shovqinidan qochib, ayolim bilan o‘sha issiqxonada suhbatlashib o‘tiramiz. Hali bitmagan uyimga hozircha 400 ming AQSH dollari sarfladik. Menda hammasi hisob-kitobli, qayerdan qancha pul olganimni va qancha sarflaganimni hisoblab, arxiv qilib qo‘yaman. Agar topganimni hisob-kitob qilsam, aslida to‘rt qavatli uy emas, aeroport qurishim kerak edi. Ammo yonimdagi yigitlarning ulushi va ijodning ham o‘ziga yarasha katta xarajati bor, — deydi xonanda Janob Rasul.

    “To‘rt farzandim bor”

    — Shukrki, ikki o‘g‘il va ikki qiz farzandim bor. Baʼzan ular Instagramdagi jonli efirlarda ko‘rinib qolishadi, ammo atayin ularni ommaga ko‘rsatmayman.

    O‘g‘illarim yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayishlarini va otalari singari sanʼatkor bo‘lishlarini orzu qilaman. Shuning uchun ham hozircha ularning yuzini ommaga tanitmay yuribman. Ulg‘aygach, yaxshi qo‘shiq ijro etib xalqqa ko‘ringani boshqacha. Kichkinaligidan qo‘shiq aytib chiqsa, ulg‘ayganda ham odamlarning tasavvurida kichkina bolacha bo‘lib qolib ketadi. Shuning uchun ham hozir o‘g‘illarimga qo‘shiq ham ayttirmayman, bolalik gashtini sursin, deyapman. 7-8 yoshidan keyin ijodni o‘rganishni boshlaydi.

    Ko‘pchilik farzandlarini olib kelib, shogirdlikka olib, klip chiqarib bering, deb so‘rashadi. Hozir klip olib, televideniyega ham chiqardingiz deylik, ammo 17 yoshga to‘lganida nima qilasiz, deyman. Chunki u bola endi xalq uchun qiziq bo‘lmay qoladi, avval ko‘rganman-ku, eshitganman-ku, deyishadi.

    Agar o‘g‘illarim kun kelib sanʼatkor bo‘laman deb jiddiy ahd qilsa, albatta, yordam beraman. Aslida hozir ham imkoniyat bor. Konsertimda duet aytib chiqsa ham bo‘ladi. Chunki to‘ng‘ich o‘g‘limning chiroyli ovozi bor. Ammo uning ijodini hech kim jiddiy qabul qilmaydi. Bolaga baribir boladek munosabatda bo‘lishadi, — deydi xonanda Janob Rasul.

    25.06.2024, 11:30   Izoh (0)   55183
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Syomka jarayonida tobi qochgan Aziza Yoqubova, Sobirjon Mo‘minovning Toshkentdagi hovlisiga sayohat, Munisa Rizayeva bir kunda nechta “birrovga” boradi?...

    25.06.2024, 10:45

    Rejissyorlar o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, tomoshabinlar payqagan mashhur filmlardagi qo‘pol xatolar (foto)

    24.06.2024, 18:45

    Sumka, marjon va ko‘zoynak: mashhurlarning bitta kvartira narxiga teng qimmatbaho aksessuarlari (foto) 

    24.06.2024, 16:41

    Hechdan ko‘ra kech yaxshi: 35 yoshdan keyin ona bo‘lgan Britaniya qirolligi xonimlari

    24.06.2024, 12:40

    Instagram: Munisa Rizayeva turmush o‘rtog‘ining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, Shohruhxon va Asal Shodiyevaning shinam xonadoniga sayohat, sobiq xonanda farzandli...

    24.06.2024, 11:14

    Roli uchun tishlarini arralatib tashlagan: Robert De Niro hayoti haqida qiziqarli faktlar

    24.06.2024, 09:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 23:48

    Olimlar paratsetamolning kutilmagan xavfi haqida ogohlantirdi

    Dunyo | 25 avgust, 23:40

    Rossiyada migrantlar imtihoniga ayollar bilan muloqot qilish qoidalarini kiritish taklif etildi

    Dunyo | 25 avgust, 23:25

    Polsha prezidenti ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘ydi

    Dunyo | 25 avgust, 23:15

    Britaniyada vertolyot qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 25 avgust, 23:05

    “AQSH Ukrainaga pul bermaydi”. Tramp urush haqida yangi bayonotlar bilan chiqdi

    Dunyo | 25 avgust, 22:57

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 22:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.