• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Avstraliyalik muhojirlarning farzandi, Tom Kruzning sobiq rafiqasi Nikol Kidman 57 yoshda (foto)

    20-iyun kuni jahon kinosi yulduzi Nikol Kidman 57 yoshni qarshi oldi. Shu sana munosabati bilan iste’dodli aktrisaning hayoti va ijod yo‘liga nazar tashlaymiz.

    Foto: Yandex

    Ona Vatan

    Nikolning ota-onasi asli avstraliyalik, lekin aktrisaning otasi olim bo‘lgani uchun oila Amerikaga ko‘chib kelgan. Nikol tug‘ilgach, uning oilasi Gavaiga ketishga majbur bo‘ldi. U to‘rt yoshga to‘lganda, ota-onasi o‘z vataniga qaytib ketdi. So‘ngra Avstraliyada aktrisaning singlisi Antoniya dunyoga keldi.

    Foto: Lisa.ru

    Qo‘rquv

    Aytgancha, aktrisa Avstraliyada yashashni yoqtirmasdi, chunki u yerda kapalaklar ko‘p bo‘lgani uchun qo‘rqardi. Bolaligida Nikol doimo hasharotlar ko‘p joylardan qochgan. Kidman katta bo‘lganida bu muammoni hal qilishni xohladi va ataylab kapalaklar ko‘p bo‘lgan xonaga kirdi. Biroq uning fobiyasi saqlanib qoldi.

    Quyoshdan qo‘rqish

    Nikol nafaqat kapalaklardan, balki quyoshdan ham qo‘rqadi, chunki Avstraliyada havo juda issiq. Gap shundaki, aktrisaning oppoq terisi quyosh nuri ta’sirida tez kuyib ketishi mumkin. Shuning uchun u hali ham maxsus aksessuarlardan foydalanmasdan uydan chiqmaydi.

    Foto: Lisa.ru

    Uyatchan qiz

    Kidman bolaligida juda kamtar va hatto uyatchan bola bo‘lganini eslaydi. Ko‘pchilik buni bilib, hayratga tushadi, chunki hamma aktrisani kirishuvchan odam sifatida biladi.

    Kichik nuqson

    Bolaligida Nikol duduqlanardi, shuning uchun gapirishga uyalardi. Ota-ona qizini komplekslarni yengib, muammodan xalos bo‘lishi uchun teatr studiyasiga yuborishga qaror qilgan. Vaqt o‘tishi bilan Kidman duduqlanishdan to‘xtadi, shuningdek, studiyani chindan ham sevib qoldi.

    Foto: Lisa.ru

    Muvaffaqiyatsizliklar

    Kidman juda yoshligidan kastinglarga borishni boshladi, u musiqiy filmlarda rol ijro etishni xohlardi. Bir marta kastingdan o‘tdi, u yerda kambag‘al yetim rolini o‘ynashi kerak edi. Biroq u rolga tasdiqlanmagan, chunki uni bunday qahramon rolini o‘ynash uchun juda novcha deb hisoblashgan. Keyin Nikol unga hech bo‘lmaganda kichik rol berishni iltimos qilgan va oxirida unga qo‘shiqning atigi to‘rt misrasini kuylashga ruxsat berishgan.

    “Ha, men umidsizlikka tushib qoldim, lekin shu bilan birga bu meni dahshatli kuch bilan qo‘zg‘atdi! Xuddi shu rad etish bilan mening ichki olovimga o‘tin tashlangandek. Men 17 yoshga to‘lgunga qadar qancha sinovlardan o‘tganman, sanab bo‘lmaydi. 12 yoshimdan o‘qigan aktyorlik studiyasiga borish uchun esa ikkita avtobusga chiqishim kerak edi. Ota-onam meni mashinada olib ketishni istamasdi. Shu tufayli maqsadimga erishish uchun ko‘p kuch va matonat ko‘rsatishim kerak bo‘ldi. Ammo o‘zimni teatrda, shu darslarda ko‘rganimda, dunyodagi eng baxtli boladek his qildim!” — dedi yulduz intervyularining birida.

    Onasiga yordamlashish uchun kollejni tashlagan

    O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng Nikol kollejga bordi va u yerda san’at va aktyorlik bo‘yicha tahsil oldi. Biroq, u onasining saraton kasalligiga chalinganini bilgach, o‘qishni tark etishga majbur bo‘ldi. Oilaga moddiy yordam berish uchun Kidman massaj kurslarida ishtirok etdi va qo‘shimcha pul ishlab topishni boshladi.

    Foto: Lisa.ru

    Musiqaga qiziqish

    Nikol 17 yoshida nafaqat teatr studiyasida o‘qigan, balki “Divine Madness” musiqiy guruhining solisti ham bo‘lgan.

    Orzular ro‘yobi

    Biroq Nikol o‘z istagini amalga oshirdi — u aktrisa bo‘ldi. U 80-yillarning oxirida filmlarda rol o‘ynay boshladi va tezda tanildi. Amerikaning nufuzli nashrlari u haqida yozdi, u muhim mukofotlarga nomzod bo‘ldi va yanada muvaffaqiyatli, yaxshi loyihalarda rol o‘ynashga taklif qilindi.

    Foto: Lisa.ru

    Kino uchun qurbonliklar

    Aktrisa “Oskar” olgan “Mulen Ruj!” filmining suratga olish jarayonida qovurg‘asini sindirib oldi. Jarohat Nikolning sherigi Yuan Makgregor uni tasodifan tushirib yuborgani sababli yuzaga kelgan. Shunga qaramay, yulduz suratga tushishda davom etdi.

    Keyinroq u korseti qattiq tortilganda yana bir qovurg‘asini jarohatlagan, Kidmanning o‘zi esa baland poshnali tuflisida turolmagani uchun yiqilganida oyog‘ini jarohatlagan.

    Birinchi nikoh

    “Momaqaldiroq kunlari” kartinasining suratga olish maydonchasida Nikol  Tom Kruz bilan uchrashdi. Juftlik o‘n yil birga yashab, o‘g‘il va qiz farzand asrab olishga muvaffaq bo‘ldi, ammo oxir-oqibat ular ajrashishdi. Ularning ajrimiga Tomning sayentologiyadagi sevimli mashg‘ulotlari va bolalarni tarbiyalashga bo‘lgan turli qarashlari tufayli bahslashgani sabab bo‘lgani haqda mis-mishlar tarqaldi.

    “Men bu ta’limotni chin dildan tushunishga harakat qilgan paytim bo‘ldi. Aslida, men hech narsani mutlaq darajaga ko‘tarmayman. U har doim izlanuvchan, yangi bilimlarga chanqoq, temperamentli va jasur edi. Men uchun hech kim hukm chiqarmaslik juda muhim. Dadam har doim: “Bag‘rikenglik eng muhimi”, — deydi aktrisa.

    Foto: Lisa.ru

    Kruzning sobiq xotinining bashorati 

    Tom Nikol bilan uchrashishni boshlaganida, uning sobiq rafiqasi, aktrisa Mimi Rojers endi Kidman o‘z karyerasini qura olmasligini, chunki u doimo taniqli juftining soyasida bo‘lishini aytgan. Biroq uning bashorati amalga oshmadi, chunki aktrisaning o‘zi muvaffaqiyatga erisha oldi va Tomdan kam bo‘lmagan taniqli va sevimli Gollivud yulduziga aylandi.

    Yangi baxtli nikoh

    2005-yilda Nikol avstraliyalik musiqachi Kit Urban bilan uchrashdi va bir yildan keyin ular turmush qurdi. Ular hozirda ham baxtli.

    “Turmush o‘rtog‘im Kit yonimda bo‘lsa, men o‘zimni juda yaxshi his qilaman. U bilan men dunyodagi hamma narsa haqida gaplasha olaman, u meni sevadi va men uni sevaman. U bilan uchrashishdan oldin men qo‘rqdim, ko‘p narsadan qo‘rqdim, hayotim qanday o‘tishini bilmasdim. Uning sharofati bilan o‘zimni himoyalangandek his qilyapman”, — deydi Kidman.

    Foto: Lisa.ru

    Qimmatbaho sovg‘a

    Kit haqiqiy romantik. U to‘y kuni u o‘z sevgilisiga Emili Brontening  “Wuthering Heights”ning birinchi nashrini sovg‘a qildi, bu unga 200 000 dollarga tushdi.

    Asosiy istak

    Aktrisa hayotidagi hamma narsadan ko‘ra ona bo‘lishni xohlardi. Ammo eng kuchli istak boshqalarga qaraganda kechroq amalga oshdi. “Menda doimo ona bo‘lish uchun katta, aql bovar qilmaydigan ehtiyoj bor edi”, — dedi Nikol.

    Muvaffaqiyatsiz homiladorlik

    Biroq, u ona bo‘lishidan oldin bir necha marta tashqi homiladorlik va undan ayrilishni boshdan kechirdi. Sun’iy urug‘lantirish tufayli 2008-yilda Nikol va Kitning uzoq kutilgan qizi — Sandey dunyoga keldi. 2010-yilda ularning ikkinchi qizi Feyt surrogat ona yordamida tug‘ildi.

    Foto: Lisa.ru

    “Buni boshidan kechirgan har bir ayol biladiki, bunday umidsizliklar osongina depressiyaga olib kelishi mumkin. Sandeyga homilador bo‘lganimda men ham ishonmadim: ehtimollik juda past edi. Men uning tug‘ilishini hayotimdagi haqiqiy mo‘jiza sifatida qabul qilaman”, — deydi Kidman.

    Xobbi

    Nikol qisqa hikoyalar yozishni yaxshi ko‘radi va yoshligida hatto yozuvchi sifatida karyera qurishni ham o‘ylagan. Bu urinishda uni otasi qo‘llab-quvvatlab, unga kundalik yuritishni va yozish qobiliyatini rivojlantirishni maslahat bergan.

    Foto: Lisa.ru

    Katta gonorar

    Kidman Chanel brendi uchun to‘rt daqiqalik reklama roligida rol o‘ynagani uchun deyarli to‘rt million dollar olgan birinchi aktrisa bo‘ldi. Buning uchun u hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

    Yosh va hayotga munosabat

    “Men bu dunyoda imkon qadar uzoq vaqt qolishni xohlarmidim? Albatta, ha. Hali juda yosh bolalarim borligi uchun ham. Ammo hammamiz qariyapmiz. Bu haqda biror narsa qilish mumkinmi? Ayni paytda yashash va shu bilan birga eng yaxshi narsalarni namoyish etishga harakat qilish kerak. Baxtli bo‘lish lozim. Men uchun bu tushuncha oilamning farovonligi, o‘zim va barcha yaxshilikni o‘z ichiga oladi. Bu atrofda sodir bo‘layotgan narsalarni tomosha qilmaslik, shunchaki ko‘zdan kechirmaslik, balki sodir bo‘layotgan voqealarning ishtirokchisi bo‘lishni anglatadi”, — deya xulosa qiladi Nikol Kidman.

    24.06.2024, 14:53   Izoh (0)   9106
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jennifer Lopes, Nikol Kidman hamda boshqa jahonga mashhur ayollarning yoshartiruvchi parhezlari

    18.04.2022, 12:52

    Shahar shovqinidan uzoqda: Nikol Kidman, Juliya Roberts hamda chekka hududlarda yashashni afzal ko‘ruvchi boshqa yulduzlar (foto)

    13.07.2022, 19:55

    Jek Chittakni Jim kerri, Smit xonimni Nikol Kidman: mashhur filmlardagi bosh rollarni o‘ynashdan bosh tortgan Gollivud aktyorlari (foto)

    02.02.2023, 19:58

    Baribir yig‘latadi: sevgi, oila va o‘zlikni anglash haqidagi eng ta’sirli filmlar 

    22.06.2024, 20:00

    Ideal juftlik: Hande Erchel yana bir mashhur aktyor bilan yangi serialda suratga tushadi

    22.06.2024, 19:00

    Mashhur turk aktyori Burak O‘zchivit o‘zbek tarixiy filmida suratga tushadi

    22.06.2024, 15:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT Isroil armiyasi va xavfsizlik kuchlarini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

    Dunyo | 20 iyun, 17:45

    Aktyor Burak O‘zchivit imijini o‘zgartirdi — muxlislar uni tanimay qolishdi (foto)

    Kino | 20 iyun, 17:37

    “Daryo” tanqididan so‘ng Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:34

    Ummonda tutqunlikda saqlangan ayol bolalari bilan O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:24

    O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududga chigirtka tarqalgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:15

    Rossiya ukrainaliklarga yordam bergan faolni 22 yilga ozodlikdan mahrum qildi

    Dunyo | 20 iyun, 17:07

    Endokrinolog B guruhi vitaminlari onkologiya xavfini oshirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

    Maslahatlar | 20 iyun, 16:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.