Futbol bo‘yicha Serbiya terma jamoasi haqoratli hayqiriqlar tufayli Yevro—2024 dagi ishtirokini yakunlashi mumkin.
Sport Klub xabariga ko‘ra, Serbiya futbol federatsiyasi UEFAdan Yevro—2024 2-turidan o‘rin olgan Albaniya — Xorvatiya (2:2) o‘yinida tomoshabinlarning “Serbni o‘ldir” deb hayqirganiga chora ko‘rishni talab qilgan. Agar tashkilot bunga hech qanday munosabat bildirmasa, Serbiya Yevropa Chempionatida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin.
“Bo‘lib o‘tgan voqea — nizodan boshqa narsa emas. Serbiya futbol ittifoqi UEFAdan qattiqroq jazo chorasini qo‘llashni talab qiladi. Aks holda biz Yevro—2024 da ishtirok etmaymiz.
Bu — haqiqiy nizo va bunday holat boshqa takrorlanishini istamaymiz”, — deydi Serbiya futbol federatsiyasi bosh kotibi Yovan Shurbatovich.
Serbiya terma jamoasi Angliya, Daniya va Sloveniya bilan birgalikda C guruhidan joy olgan.
Izoh (0)