Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionati B guruhi 2-turidan o‘rin olgan bahsda Xorvatiya Albaniyaga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Albaniya futbolchisi Lyachi hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda yana vaziyatlar bo‘lishiga qaramasdan, boshqa gol urilmadi.
Ikkinchi bo‘limning yarmidan o‘tib esa xorvatlar “uyg‘ondi”. 74-daqiqada Kramarich hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tib, Gyasula avtogol muallifiga aylandi.
90+5-daqiqada esa avtogol muallifi Gyasula hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Yevro—2024
2-tur
19-iyun, chorshanba
Xorvatiya – Albaniya 2:2
Gollar: 0:1 – 11 Lyachi, 1:1 – 74 Kramarich, 2:1 – 76, avtogol Gyasula, 2:2 – 90+5 Gyasula.
Xorvatiya: Livakovich, Yuranovich, Shutalo, Gvardiol, Perishich (Sosa, 84), Modrich, Kovachich, Brozovich (Pashalich, 46), Maer (Suchich, 46), Kramarich (Baturina, 85), Petkovich (Budimir, 69).
Albaniya: Strakosha, Xyusay, Jimshiti, Ayeti, Mitay, Lyachi (Gyasula, 72), Bayrami, Ramadani (Hodja, 85), Aslani, Asani (Seferi, 64), Manay (Daku, 85).
Ogohlantirishlar: Xyusay (76), Ivushich (87), Daku (90+3), G'yasula (90+7).
Izoh (0)