Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati, Bo‘ston tumanida o‘rilgan bug‘doyzor o‘rni yonayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat FVB matbuot xizmati munosabat bildirdi.
![](/static/2024/06/14/2024-06-14 21.39.46-CC_7eJM7.jpg)
Maʼlum qilinishicha, tarmoqlarda tarqalgan video Izboskan tumani hududida joylashgan “Nurullo saxovati” chorvachilik fermer xo‘jaligi bo‘lib, 8 gektarlik g‘alladan bo‘shagan yer maydoni ekanligi aniqlangan.
Hodisa oqibatida g‘alla hosilidan o‘rib olingan yer maydonining 1 gektari yongan. Hozirda hodisaga sababchi shaxslar aniqlanmoqda.
Izoh (0)