Namanganda xalq deputatlari Uchqo‘rg‘on tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
![](https://manager.daryo.uz/static/2023/%D0%90%D0%B7%D0%B8%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0%BA/photo_2024-06-14_21-34-34.jpg?_t=1718382889)
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Deputatlar viloyat hokimining Muhammad Haydarovni Uchqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorini maʼqulladi.
![](https://manager.daryo.uz/static/2023/%D0%90%D0%B7%D0%B8%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0%BA/photo_2024-06-14_21-34-21.jpg?_t=1718382995)
Shundan so‘ng Shavkat Abdurazzoqov keyingi yillarda tumanda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni batafsil tahlil qildi.
![](https://manager.daryo.uz/static/2023/%D0%90%D0%B7%D0%B8%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0%BA/photo_2024-06-14_21-34-26.jpg?_t=1718383053)
Sessiyada shu paytgacha viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Dilshod Mirxanovni Uchqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlandi.
Izoh (0)